Jahon

AQSh Eron neftiga nisbatan sanksiyalarni 60 kunga bekor qildi

AQSh moliya vaziri Skott Bessent Tehron Hormuz bo‘g‘ozida erkin tranzitni ta’minlashga va’da berganini bildirdi.

AQSh Eron neftiga nisbatan sanksiyalarni 60 kunga bekor qildi

 

AQSh Moliya vazirligi Eron nefti, neft-kimyo mahsulotlari va neft mahsulotlari bilan bog‘liq ayrim operatsiyalar uchun 60 kunlik vaqtinchalik umumiy litsenziya berdi. Qaror Shveytsariyaning Byurgenstok shahrida AQSh va Eron o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng qabul qilingan.

 

AQSh moliya vaziri Skott Bessent ma’lum qilishicha, berilgan litsenziya 2026-yil 21-avgustga qadar amal qiladi. Unga ko‘ra, Eron nefti, neft-kimyo mahsulotlari va neft mahsulotlarini ishlab chiqarish, yetkazib berish hamda sotish bilan bog‘liq ayrim operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat beriladi.

 

Shuningdek, hujjat AQSh sanksiyalariga duchor bo‘lgan ayrim kemalar bilan bog‘liq bitimlarni ham qamrab oladi. To‘lovlarni AQSh dollarida, jumladan Eron hukumati yoki sanksiyalangan ayrim subyektlar foydasiga amalga oshirish imkoniyati nazarda tutilgan.

 

Biroq litsenziya Shimoliy Koreya, Kuba va Rossiya nazorati ostidagi Ukraina hududlarida yashovchi shaxslar ishtirokidagi bitimlarga tatbiq etilmaydi hamda boshqa amaldagi cheklovlarni bekor qilmaydi.

 

Skott Bessentning ta’kidlashicha, mazkur qaror muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlar doirasida qabul qilingan. Uning qayd etishicha, Tehron Hormuz bo‘g‘ozi orqali erkin kemalar qatnovini ta’minlash va MAGATE inspektorlarining mamlakatga kirishiga ruxsat berish bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan.

 

Biroq AQSh va Eron o‘rtasidagi muloqotda vositachilik qilgan Qatar va Pokiston tomonidan e’lon qilingan qo‘shma bayonotda MAGATE inspektorlarining qaytishi yoki Hormuz bo‘g‘ozining ochilishi bo‘yicha aniq majburiyatlar tilga olinmagan.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"