O'zbekiston

Namangan aeroportida 175 million dollarlik loyiha amalga oshirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev tashrifi doirasida Namangan xalqaro aeroportida barpo etilayotgan yangi yo‘lovchi terminali qurilishi bilan tanishdi.

Namangan aeroportida 175 million dollarlik loyiha amalga oshirilmoqda

 

Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi boshlandi. Davlat rahbari tashrif doirasida Namangan xalqaro aeroportida barpo etilayotgan yangi yo‘lovchi terminali qurilishi bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Mazkur loyiha Prezidentning 2021-yil 29-martdagi “Respublika aeroportlarini boshqarish sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilmoqda.

 

Namangan xalqaro aeroporti 1971-yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, 2013-yildan boshlab xalqaro maqomda faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda aeroport orqali 9 ta aviakompaniya muntazam parvozlarni amalga oshirmoqda.

 

Loyiha doirasida jami 175 million dollar investitsiya jalb qilingan. Rejaga ko‘ra, 2026-yil yakuniga qadar zamonaviy talablarga javob beradigan yangi yo‘lovchi terminali foydalanishga topshiriladi. Umumiy maydoni 22,6 ming kvadrat metrni tashkil etuvchi uch qavatli terminal soatiga 1,2 ming nafardan ortiq, yiliga esa 3 milliondan ziyod yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Yangi terminalda chegara va bojxona nazorati punktlari, viza xizmatlari, biznes-zal, savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari, tibbiyot punkti hamda Duty Free hududi tashkil etilishi rejalashtirilgan. Loyiha natijasida 550 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

 

Shuningdek, 2027-yil yakuniga qadar kunlik quvvati 50 tonna bo‘lgan kargo terminalini ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu esa Farg‘ona vodiysi uchun yagona zamonaviy kargo tizimini shakllantirib, mahsulotlarni dunyoning 90 dan ortiq mamlakatiga eksport qilish imkoniyatini kengaytiradi.

 

Davlat rahbari qurilish jarayonlari bilan tanishar ekan, aeroport infratuzilmasini yanada takomillashtirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"