O'zbekiston

Toshkentda inson huquqlari va qamoqda saqlash joylarini boshqarish bo‘yicha uch kunlik xalqaro trening o'tkazilmoqda

Buyuk Britaniya Metropoliten politsiyasi ko‘magida qamoqda saqlash joylarini boshqarish bo‘yicha xalqaro tajribalar muhokama qilinmoqda.

Toshkentda inson huquqlari va qamoqda saqlash joylarini boshqarish bo‘yicha uch kunlik xalqaro trening o'tkazilmoqda

 

22-iyun kuni poytaxtdagi Inson huquqlari uyida “Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar va qamoqda saqlash joylarini boshqarishning ilg‘or amaliyoti” mavzusida uch kunlik xalqaro trening o‘z ishini boshladi.

 

Mazkur tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi, YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi hamda Ichki ishlar vazirligining qo‘shma hamkorlik loyihasi doirasida, shuningdek 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan YXHT loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” asosida tashkil etilmoqda. Trening jarayoniga Buyuk Britaniyaning Metropoliten politsiyasi idorasi ham amaliy ko‘mak va ekspert ishtiroki bilan jalb etilgan.

 

Tadbirning asosiy maqsadi — huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning qamoqda saqlash va vaqtincha ushlab turish joylarida inson huquqlariga rioya etish, qiynoqlar va shafqatsiz muomalalarning oldini olish hamda xalqaro standartlarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha kasbiy salohiyatini oshirishdan iborat.

 

Treningning ochilish marosimida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov, YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi ofisining xalqaro maslahatchisi Endryu Yurkovskiy, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Mansur Sattorov, shuningdek BMTning Qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha quyi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, xalqaro ekspert Elina Shtaynarte ishtirok etdi.

 

Ma’ruzachilar inson huquqlarini himoya qilish, qiynoqlarni oldini olish va qamoqda saqlash tizimini insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashtirish borasida xalqaro hamkorlikning ahamiyatini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar ijobiy baholandi.

 

Trening davomida ishtirokchilar qamoqda saqlanayotgan shaxslar huquqlarini himoya qilishga doir xalqaro-huquqiy asoslar, jumladan BMTning Qiynoqlarga qarshi konvensiyasi, uning Fakultativ protokoli hamda “Mandela qoidalari” bilan batafsil tanishtirilmoqda.

 

Shuningdek, qamoqda saqlash joylarida inson huquqlarini ta’minlash bo‘yicha xalqaro kafolatlar — advokatga murojaat qilish huquqi, tibbiy yordam olish imkoniyati, oila a’zolarini xabardor qilish tartibi, ushlab turish jarayonini to‘liq hujjatlashtirish va hisobdorlik mexanizmlari kabi amaliy jihatlar ham ko‘rib chiqilmoqda.

 

Buyuk Britaniya Metropoliten politsiyasi vakillari Filipp Maykl Endryus va Jon Norton Dantorn tomonidan qamoqda saqlash va vaqtincha ushlab turish jarayonlarini boshqarish bo‘yicha ilg‘or tajribalar taqdim etildi. Ular tergov jarayonida inson huquqlarini ta’minlash, shaffoflikni kuchaytirish hamda ichki nazorat tizimlarining samaradorligi yuzasidan o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

 

Treningning birinchi kunida ishtirokchilar uchun interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etilib, qiynoqlar va shafqatsiz muomalalarning yuzaga kelish xavf omillari, ularning oldini olish mexanizmlari hamda amaliy vaziyatlar asosida tahlillar o‘tkazildi.

custom img

Fermer xo‘jaliklarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibi belgilandi

Unga ko‘ra, “Soliq-servis” AJning hududiy bo‘limlari ayrim fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya va hisobot xizmatlarini bepul ko‘rsatadi.

custom img

Ehtiyojmand oilalarga “svet” va gaz uchun 6 oyda 92,1 mlrd so‘m kompensatsiya to‘landi

Bunda bazaviy me’yor doirasidagi tarif bilan undan oshgan qism uchun belgilangan narx o‘rtasidagi farq qoplab beriladi.

custom img

Sharbat qutisiga yashirilgan 3,15 kg narkotik moddalar topildi

Giyohvandlik vositalari 20 ta o‘ramda bolalar sharbat qutisi ichiga yashirilgan.

custom img

“O‘zbekiston qo‘lyozma merosida tarixiy shaxslar” kitob-albomining yangi nashri chop etilmoqda

Nashrga XIII–XVIII asrlarga oid 185 ta noyob miniatyura va 20 dan ortiq yangi tarixiy shaxs tasvirlari kiritildi.

custom img

Hibsda saqlanayotgan Odilxon qori og'ir judolikka uchradi

Odilxon qori dafn marosimida ishtirok etmagan.

custom img

Bilim, hamjihatlik va 5 ming qadam: ekologiya qurultoyining ikkinchi kuni qanday o‘tdi?

Qashqadaryoda xalqaro ekologiya qurultoyi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

custom img

O‘zbekistonga 7,7 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi

Joriy yilning dastlabki yetti oyida turistik xizmatlar eksporti 56 foizga oshib, 3,895 milliard dollarga yetgan.

custom img

“Toshkentda qurilish katta korrupsiya va xavfga aylandi” - Alisher Qodirov

“Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi quruvchilarning katta foyda ko’rish uchun qonunlarni chetlab o’tayotgani va odamlar hayoti xavfga qo’yilayotganini keskin tanqid qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"