O'zbekiston

Prezident Andijondagi xalqaro madaniy tadbirlar ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Andijonning “Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” maqomini O‘zbekistonning boy madaniy merosi va xalqaro nufuzining e’tirofi deb atadi.

Prezident Andijondagi xalqaro madaniy tadbirlar ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrining 2026-yilda “Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” deb e’lon qilinishi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.

 

Davlat rahbari o‘z murojaatida xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy davlatlar elchilari hamda turkiy dunyoning madaniyat, adabiyot va san’at namoyandalarini qutlar ekan, Andijonga bunday yuksak maqom berilganini O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, turkiy madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro e’tirofi sifatida baholadi.

 

Prezident ta’kidlashicha, Andijon asrlar davomida madaniyat, adabiyot, san’at va hunarmandchilik markazlaridan biri bo‘lib kelgan. Ushbu zamindan yetishib chiqqan Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulhamid Cho‘lpon kabi buyuk siymolar, shuningdek, “Andijon polkasi” raqsi va askiya san’ati turkiy xalqlar madaniy merosining muhim qismi ekani qayd etildi.

 

Tabrikda O‘zbekistonning TURKSOY bilan hamkorligiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, “Turkiy adabiyot durdonalari”ning 100 jildlik to‘plami nashr etilgani, qator ilmiy va madaniy tadbirlar tashkil etilgani hamda joriy yil aprel oyida Islom sivilizatsiyasi markazida TURKSOY ofisi ochilgani ta’kidlandi.

 

Shavkat Mirziyoyev “Andijon – Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” loyihasi doirasida yil davomida o‘tkaziladigan festival, ilmiy anjuman, badiiy kecha va ijodiy uchrashuvlar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashiga ishonch bildirdi.

 

Davlat rahbari tadbir ishtirokchilariga sihat-salomatlik va muvaffaqiyatlar tilab, mehmonlarni Andijon shahriga xush kelibsiz deb qutladi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"