Jahon

Rossiya Belarus orqali Ukrainaga qarshi yangi front ochishga urinmoqda — WSJ

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kreml Belarusga moliyaviy bosim o‘tkazib, uni urushga yanada faol jalb etishga harakat qilmoqda.

Rossiya Belarus orqali Ukrainaga qarshi yangi front ochishga urinmoqda — WSJ

 

Rossiya Belarusni Ukrainaga qarshi urushga yanada faol jalb etish maqsadida Minskga bosimni kuchaytirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal Rossiya va Yevropaning amaldagi hamda sobiq rasmiylariga tayanib xabar berdi.

 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva Belarus hududidan Ukrainaga qarshi dron hujumlarini amalga oshirish, front chizig‘ini g‘arbga kengaytirish hamda Ukraina qo‘shinlarini sharqiy yo‘nalishlardan chalg‘itish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda. Shuningdek, Belarusdan NATOga a’zo qo‘shni davlatlarga qarshi gibrid operatsiyalar uchun foydalanish ehtimoli ham ko‘rib chiqilayotgani aytilmoqda.

 

Manbalarga ko‘ra, Rossiya joriy yil boshidan buyon Minskni urushdagi rolini kengaytirishga ko‘ndirishga urinmoqda. Xususan, Rossiyaning Belarusdagi elchisi Boris Grizlov va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘rtasida bir qator muzokaralar bo‘lib o‘tgan. Sobiq rossiyalik razvedka xodimlaridan biri Moskva Belarusga moliyaviy yordamni qisqartirish bilan tahdid qilib, bosim o‘tkazganini ma’lum qilgan.

 

Nashr ta’kidlashicha, Rossiya armiyasi Ukraina sharqida janglarni davom ettirar ekan, Belarus Moskva uchun muhim strategik hududga aylanishi mumkin. Bundan tashqari, Rossiyaning taktik yadroviy qurollari Belarus hududida joylashtirilgani vaziyatni yanada murakkablashtirishi qayd etilgan.

 

May oyida Rossiya va Belarus qo‘shma yadroviy mashg‘ulotlar o‘tkazgan, Rossiya qo‘shinlari esa yadroviy kallaklarni Belarusdagi poligonlarga ko‘chirish bo‘yicha amaliy harakatlarni namoyish etgan.

 

Shuningdek, nashr Fransiya prezidenti Emmanuel Makron may oyida Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qilib, Belarusning urushdagi ishtiroki kuchayishi mumkinligidan xavotir bildirganini eslatgan. Lukashenko bunday niyatlarni rad etgan bo‘lsa-da, Parijdan bunday ogohlantirish bo‘lganini tasdiqlagan.

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham avvalroq Rossiya Belarusni yangi agressiv operatsiyalarga jalb etishga urinayotganini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Rossiya va Belarus o‘rtasidagi muloqot tafsilotlaridan xabardor bo‘lib, Belarus hududidan Ukraina yoki NATO mamlakatlariga qarshi ehtimoliy harbiy operatsiyalar rejalashtirilayotganini kuzatib bormoqda.

 

Biroq The Wall Street Journal manbalari Rossiya Belarus hududidan darhol foydalanishga tayyorlanayotgani haqida aniq alomatlar mavjud emasligini, ammo bunday ssenariy hanuz kun tartibida qolayotganini qayd etgan. Nashrga ko‘ra, ehtimoliy operatsiyalar an’anaviy harbiy hujum emas, balki NATO mudofaasini sinovdan o‘tkazish yoki Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga putur yetkazishga qaratilgan gibrid harakatlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.

custom img

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

custom img

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

custom img

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

custom img

Uyda yolg‘iz qizaloq: Yaponiyada o‘zbekistonlik kuryer 10 yoshli qizga shilqimlik qildi

Qiz voqeadan so‘ng politsiyaga murojaat qilgan va erkak hibsga olingan.

custom img

Ilk qo‘shma investitsiya: AQSH va Ukraina muhim minerallar bo'yicha kelishuv imzolandi

Yangi loyihalarning umumiy qiymati qariyb 70 mln dollarni tashkil etadi.

custom img

Flydubai’dagi hodisa: Tel-Avivga parvozlar to‘xtatildi

Saudiya Arabistonining Tabuk shahriga favqulodda qo‘nganidan so‘ng aviakompaniya reyslarni keyingi xabargacha to‘xtatdi.

custom img

Hindiston-Pokiston chegarasida otishma: ikki pokistonlik halok bo‘ldi

Hindiston OAVlari ularni chegarani buzishga uringan shaxslar sifatida taʼriflagan.

custom img

Maxfiy uchrashuv: Tramp ma’muriyati Eron masalasini muhokama qildi

Uchrashuv AQSh ma’muriyati tomonidan rasman e’lon qilinmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"