Jinoyat

Malayziyada 3 nafar o‘zbekistonlik o‘limga hukm qilindi

Ular o‘zlari bilmagan holda narkokuryerlik qilgan. Mamlakatga sayohat uchun borgan ayollarning chemodanidan sintetik narkotiklar topilgan.

Malayziyada 3 nafar o‘zbekistonlik o‘limga hukm qilindi

Malayziyada bir necha yil avval giyohvand moddalar kontrabandasi bilan bog‘liq jinoyatda ayblangan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘lim jazosiga hukm qilingan. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmatining iste’fodagi xodimi O‘ktam Suvonov ma’lum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, 56 va 54 yoshli ikki ayol hamda ularning bir tanishi Kuala-Lumpur aeroportida yirik miqdordagi giyohvand moddalar bilan qo‘lga olingan. Keyinchalik Malayziya sudi ularga nisbatan o‘lim jazosi tayinlagan.

 

Suvonovning aytishicha, voqea ayollardan birining qizi chet el fuqarosiga turmushga chiqqach, onasini Malayziyaga bepul sayohatga taklif qilishi bilan boshlangan. Ayol safarga uzoq yillardan buyon nogiron qizini parvarishlab kelayotgan qo‘shnisi va yana bir tanishini ham taklif qilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, parvoz oldidan notanish shaxs ularga bo‘sh chemodanlarni topshirgan. Kuala-Lumpurga yetib borganlarida esa ularni hech kim kutib olmagan. Shundan so‘ng aeroport xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilgan.

 

Tekshiruv davomida har bir chemodandan to‘rt kilogrammdan metamfetamin aniqlangan. Suvonovning ta’kidlashicha, ayollar o‘zlari bilmagan holda narkokuryer sifatida foydalanilgan bo‘lishi mumkin.

 

Iste’fodagi DXX xodimi keyinchalik Malayziyaga borib, qamoqxonada ayollar bilan uchrashganini ham aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mahkumalardan biri uchrashuv chog‘ida:

“Siz, ehtimol, hayotimda ko‘rib turgan eng so‘nggi vatandoshimsiz”, degan.

 

O‘ktam Suvonov mazkur ish bo‘yicha chiqarilgan o‘lim jazosi ijro etilgan yoki etilmagani haqida ma’lumot bermadi.

custom img

Chiroqchida maktab direktori qo‘shimcha dars soatlari evaziga pora olgani uchun 2 yilga qamaldi

O‘qituvchi direktorga 50 dollar bergach, holat haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan. Tezkor tadbirda direktor qo‘lga olingan.

custom img

Buxoroda talaba qizga shahvoniy shilqimlik qilgan tyutor qamaldi

Talaba qiz sudda ular o‘rtasida avval hech qanday kelishmovchilik bo‘lmaganini aytib, tyutorga nisbatan da’vosi yo‘qligini bildirgan.

custom img

Toshkentda internet-narkodo‘kon kuratori salkam 10 kg giyohvandlik vositasi bilan ushlandi

Fuqaro avval ham Jinoyat kodeksining ikki moddasi bilan sudlangan.

custom img

“Hududgaz Qoraqalpog‘iston”da 251,5 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Holat yuzasidan mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Toshkentda 3 yoshli o‘g‘liga zo‘ravonlik qilgan ona ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U o‘g‘liga uxlatuvchi dori berib, uni qarovsiz qoldirib kelgani aniqlandi.

custom img

Toshkentda “Izzat Nazarbek” laqabli shaxs qo‘lga olindi

U bir necha fuqarodan qo‘rqitish va zo‘ravonlik orqali yirik miqdorda pul talab qilgan. Tezkor tadbir davomida undan ikki dona to‘pponcha va o‘q-dorilar ham aniqlangan.

custom img

Farg‘onada “Mansur Kazanskiy” laqabli shaxs tovlamachilikda gumonlanib ushlandi

Aripov Mansur noturar joyni avval o‘z nomiga rasmiylashtirib, keyinchalik uni asl egasiga qayta rasmiylashtirib berish evaziga 200 ming dollar talab qilgan.

custom img

Rossiyada terakt rejalashtirgan va Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan surxondaryolik 4 yigit qamaldi

Tergovda ularning aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatgani va yangi a’zolarni guruhga jalb qilgani aniqlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"