O'zbekiston

Mehnat inspeksiyasi Samarqand viloyati hokimiga ogohlantirish yubordi

Inspeksiya o‘qituvchilarni ko‘chalar monitoringiga majburiy jalb etish majburiy mehnat holati sifatida baholanishi mumkinligini ma’lum qildi.

Mehnat inspeksiyasi Samarqand viloyati hokimiga ogohlantirish yubordi

 

Mehnat inspeksiyasi Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyevga pedagog xodimlarni kasbiy faoliyatiga aloqador bo‘lmagan ishlarga jalb etish masalasida ogohlantirish yubordi.

 

Mehnat inspeksiyasi amaldagi qonunchilikka ko‘ra pedagog xodimlarni ularning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga majburiy tarzda jalb etish taqiqlanishini eslatgan. Qayd etilishicha, mazkur tashabbus amaliyotga joriy etilib, pedagoglar o‘z faoliyatiga daxldor bo‘lmagan vazifalarni bajarishga majbur qilinsa, bu majburiy mehnat holatlarining yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Shu munosabat bilan Samarqand viloyati hokimiga pedagoglarni kasbiy faoliyatiga aloqador bo‘lmagan ishlarga jalb etish qonunchilikka zid ekani hamda bunday holatlar uchun javobgarlik belgilanganligi yuzasidan rasmiy ogohlantirish yuborilgan.

 

Inspeksiya har qanday tashabbusni amalga oshirishda amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, shuningdek, pedagoglarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish zarurligini ta’kidlagan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashuvda ko‘chalarning tozaligi, daraxtlar holati va infratuzilma bilan bog‘liq masalalarni monitoring qilish bo‘yicha ayrim ko‘chalarni oliy ta’lim muassasalariga biriktirish tashabbusini ilgari surgani haqida xabar berilgan edi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.