Jinoyat

Xatirchida 6 oylik o‘g‘lining og‘ziga paypoq tiqib o‘ldirgan ota 15 yilga qamaldi

Erkak uxlashiga xalal bergan chaqaloqning og‘ziga paypoq tiqib, qattiq siltagan.

Xatirchida 6 oylik o‘g‘lining og‘ziga paypoq tiqib o‘ldirgan ota 15 yilga qamaldi

Navoiy viloyatida yig‘layotgan chaqalog‘iga tan jarohati yetkazib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan erkakka sud hukmi o‘qildi. Zamon.uz sud hujjati bilan tanishdi.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan jinoyat ishiga ko‘ra, hodisa 2026-yil 9-yanvar kuni tumandagi "Damariq" mahallasida sodir bo‘lgan.

 

Sud hukmida qayd etilishicha, 1993-yilda tug‘ilgan F.N. uyiga kelgan vaqtida 2025-yil 20-iyulda tug‘ilgan o‘g‘li yig‘lab, tinchlanmayotganidan jahli chiqqan. Erkak avval chaqaloqni silkitgan, so‘ng uning og‘ziga bolalar paypog‘ini tiqib, jismoniy azob bergan.

 

Sud materiallariga ko‘ra, erkak turmush o‘rtog‘i va boshqa oila a’zolarining e’tirozlariga qaramay, chaqaloqni ikki qo‘lidan ushlab ko‘targan va qo‘yib yuborgan. Natijada bolaning boshi divanning pastki qismidagi yog‘och qismiga urilgan. Shundan so‘ng u yana shu harakatni takrorlagan.

 

Hukmda qayd etilishicha, bolaning ahvoli og‘irlashgach, u Xatirchi tuman markaziy shifoxonasiga klinik o‘lim holatida olib borilgan. Shifokorlar ko‘rsatgan tibbiy yordamga qaramay, chaqaloq 2026-yil 14-yanvar kuni vafot etgan.

 

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bolaning o‘limiga bosh miya qattiq va yumshoq pardalari ostiga hamda miyachaga qon quyilishi, miya va o‘pkalar shishi hamda o‘tkir nafas yetishmovchiligi sabab bo‘lgan. Ekspertiza tanada ensa, yelka, tizza va boshqa sohalarda tan jarohatlari mavjudligini ham aniqlagan.

 

Sud majlisida sudlanuvchi o‘z aybiga iqror bo‘lmagan va farzandini qasddan o‘ldirmaganini bildirgan. Biroq sud uning aybi jabrlanuvchining, guvohlarning ko‘rsatmalari, sud-tibbiy ekspertiza xulosasi hamda ish bo‘yicha to‘plangan boshqa dalillar bilan to‘liq isbotlangan degan xulosaga kelgan.

 

Sud F.N.ni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "v", "j" bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topdi va unga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tashi belgilandi. 

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"