Jahon

AQSh Eronga yana havo zarbalari berdi

Eron ham Quvayt va Bahrayndagi AQSh harbiy obyektlariga raketa hamda dron hujumlari uyushtirilganini bildirdi.

AQSh Eronga yana havo zarbalari berdi

AQSh harbiylari Eronning harbiy kuzatuv infratuzilmasi, aloqa tizimlari, havo mudofaasi obyektlari, dron omborlari hamda mina qo‘yish uskunalariga navbatdagi havo zarbalarini amalga oshirdi. Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, mazkur zarbalar Eron tomonidan Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida harakatlangan tijorat kemalariga uyushtirilgan hujumlarga javob tariqasida amalga oshirilgan.

 

CENTCOM ma’lumotiga ko‘ra, avvalgi zarbalardan so‘ng Tehronga sulh shartlariga rioya qilish imkoniyati berilgan. Biroq Eron kuchlari Panama bayrog‘i ostida suzayotgan va bortida ikki million barreldan ortiq xom neft bo‘lgan "Kiku" tankeriga kamikadze droni orqali hujum uyushtirgan.

 

AQSh harbiylari Hormuz bo‘g‘ozi orqali tijorat kemalari harakati davom etayotganini bildirib, mintaqadagi kuchlar har qanday tahdidga javob berishga tayyorligini ta’kidlagan.

 

Shu bilan birga, Eron tomonidan Quvayt va Bahrayndagi AQSh harbiy obyektlariga raketa va dron hujumlari uyushtirilgani ma’lum qilindi. Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIPK) ushbu hujumlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olib, ularni AQShning avvalgi zarbalariga javob sifatida izohlagan.

 

Voqealardan so‘ng AQSh prezidenti Donald Tramp sulh bitimi buzilganini ta’kidlab, zarurat tug‘ilganda Eronga qarshi yangi harbiy amaliyotlar o‘tkazilishi mumkinligini bildirgan.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"