O'zbekiston

1-iyuldan O‘zbekistonda kasallik nafaqalarini to‘lashning yangi tartibi joriy etiladi

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari dastlabki besh kun davomida ish beruvchi, oltinchi kundan boshlab esa Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

1-iyuldan O‘zbekistonda kasallik nafaqalarini to‘lashning yangi tartibi joriy etiladi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan brifing o‘tkazildi. Brifingda ma’lum qilinishicha, 2026-yil 1-iyuldan boshlab joriy etiladigan yangi tartib doirasida bolalarni parvarish qilish bo‘yicha qo‘shimcha ijtimoiy kafolatlar ham joriy etiladi.

 

Xususan, 14 yoshgacha bo‘lgan bolani parvarish qilish uchun qo‘shimcha 20 kalendar kungacha, nogironligi bo‘lgan 16 yoshgacha bolani parvarish qilish uchun esa qo‘shimcha 40 kalendar kungacha kasallik nafaqasi to‘lanadi. 

 

Brifingda ta’kidlanishicha, yangi tizimning eng muhim jihatlaridan biri barcha jarayonlarning to‘liq avtomatlashtirilishidir. Endilikda fuqarolardan kasallik nafaqasini olish uchun ariza yoki qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi. 

 

Elektron mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilishi bilan tizim fuqaroning rasmiy bandligi, sug‘urta staji hamda daromadi haqidagi ma’lumotlarni avtomatik ravishda tekshiradi va nafaqani proaktiv tarzda tayinlaydi. 

 

Kasallik nafaqalari “Baraka” tizimi orqali to‘lanadi. Har bir fuqaro uchun virtual karta avtomatik ravishda ochilib, mablag‘lar ushbu karta orqali o‘tkaziladi.

 

Shuningdek, kasallik nafaqalarini moliyalashtirish muddatlari ham aniq belgilangan. Oyning 1–15-sanalari oralig‘ida tayinlangan nafaqalar shu oyning 25-sanasiga qadar, 16–31-sanalari oralig‘ida tayinlangan nafaqalar esa keyingi oyning 10-sanasigacha fuqarolarga to‘lab beriladi. 

 

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, yangi tartib fuqarolar uchun xizmatlarni soddalashtirish, nafaqalarni o‘z vaqtida yetkazish hamda davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimining samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"