Jahon

Rossiyaning Ukrainaga hujumlari oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi

Zelenskiy hujumlarni “dahshatli” deb baholab, Ukrainaning ittifoqchilarini mamlakat havo mudofaasini kuchaytirishga chaqirdi.

Rossiyaning Ukrainaga hujumlari oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi

Rossiyaning Ukraina hududiga uyushtirgan navbatdagi raketa va dron hujumlari oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi, 34 kishi jarohatlandi. Bu haqda Ukraina rasmiylariga tayanib Al Jazeera xabar berdi.

 

Prezident Volodimir Zelenskiyga ko‘ra, Dnipro shahriga berilgan raketa zarbasi oqibatida besh kishi, jumladan 13 yoshli qiz halok bo‘lgan. Yana 28 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. 

 

Jarohatlanganlarda bosh miya shikastlari, o‘q-parcha jarohatlari, suyak sinishlari va portlash oqibatidagi travmalar qayd etilgan.

 

Zaporijjya shahriga uyushtirilgan dron hujumi oqibatida esa yana uch kishi halok bo‘lgan, olti kishi, jumladan bir bola jarohat olgan. Zelenskiy, shuningdek, Rossiya Sumi, Odesa, Chernigov, Xerson va Xarkiv viloyatlariga ham zarbalar berganini bildirdi.

 

Ukraina prezidenti hujumlarni “dahshatli” deb baholab, xalqaro hamjamiyatni mamlakatning havo mudofaa tizimini yanada kuchaytirishga chaqirdi.

 

Ayni paytda Kreml Rossiyaning tinchlik bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarmaganini ma’lum qildi. Moskva 2024-yilda ilgari surilgan talablar, jumladan Ukraina qo‘shinlarining Rossiya o‘z hududi deb hisoblaydigan to‘rtta viloyatdan chiqib ketishi hamda Kiyevning NATOga qo‘shilish rejasidan voz kechishi zarurligini yana bir bor ta’kidladi.

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin so‘nggi intervyusida ushbu hududlarni to‘liq nazorat qilish maqsadidan voz kechmasligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Ukraina uzoq masofali zarbalarni o‘zaro to‘xtatish va jangovar harakatlarni Donetsk, Lugansk, Xerson hamda Zaporijjya viloyatlari bilan cheklashni taklif qilgan, biroq Moskva bu tashabbusni qabul qilmagan.

custom img

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

custom img

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

custom img

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

custom img

Uyda yolg‘iz qizaloq: Yaponiyada o‘zbekistonlik kuryer 10 yoshli qizga shilqimlik qildi

Qiz voqeadan so‘ng politsiyaga murojaat qilgan va erkak hibsga olingan.

custom img

Ilk qo‘shma investitsiya: AQSH va Ukraina muhim minerallar bo'yicha kelishuv imzolandi

Yangi loyihalarning umumiy qiymati qariyb 70 mln dollarni tashkil etadi.

custom img

Flydubai’dagi hodisa: Tel-Avivga parvozlar to‘xtatildi

Saudiya Arabistonining Tabuk shahriga favqulodda qo‘nganidan so‘ng aviakompaniya reyslarni keyingi xabargacha to‘xtatdi.

custom img

Hindiston-Pokiston chegarasida otishma: ikki pokistonlik halok bo‘ldi

Hindiston OAVlari ularni chegarani buzishga uringan shaxslar sifatida taʼriflagan.

custom img

Maxfiy uchrashuv: Tramp ma’muriyati Eron masalasini muhokama qildi

Uchrashuv AQSh ma’muriyati tomonidan rasman e’lon qilinmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"