Jinoyat

Qashqadaryoda voyaga yetmagan qiz to‘rt erkak tomonidan zo‘rlangani aytilmoqda

Ijtimoiy himoya milliy agentligi holat nazoratga olinganini bildirib, jabrlanuvchiga psixologik, onasiga esa yuridik yordam ko‘rsatilganini ma'lum qildi.

Qashqadaryoda voyaga yetmagan qiz to‘rt erkak tomonidan zo‘rlangani aytilmoqda

IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov Qashqadaryo viloyatida voyaga yetmagan qiz to‘rt erkak tomonidan zo‘rlanganini tasdiqladi, deya xabar bermoqda Nemolchi.uz.

 

Ma’lum qilinishicha, 2026-yil 7 iyun kuni Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida Sh.X. (23 yosh), D.X. (22), O.N. (20) va D.A. (21) 14 yoshli qizni Damas rusumli avtomashinaga mindirib, dalaga olib borib, zo‘rlagan.

 

Yakkabog‘ tumani IIB huzuridagi tergov-tezkor guruhi voqea joyini ko‘zdan kechirib, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan ashyo va dalillarni olgan. Sudga oid tibbiy, biologik va psixologik ekspertizalar tayinlangan.

 

8-iyun kuni holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 29-iyun kuni esa ish Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi "a" bandiga qayta malakalanib, gumonlanuvchilarga ayblov e’lon qilingan va ular protsessual tartibda ushlangan.

 

Qayd etilishicha, mazkur jinoyat ishi Tergov departamenti tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, dastlabki tergov yakuni bo‘yicha barcha aybdor shaxslarga qonuniy chora ko‘rilishi ta’minlanadi.

 

Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi mazkur holatni nazoratga olganini ma’lum qildi. Agentlikka ko‘ra, jabrlanuvchiga psixologik, uning onasiga esa yuridik yordam ko‘rsatilgan.

 

Jabrlanuvchi bilan ishlash maqsadida mahalladagi ijtimoiy xodim hamda Yakkabog‘ tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi Bolalarni ijtimoiy himoya qilish bo‘limi mutaxassislari tomonidan individual ijtimoiy kuzatuv ("keys") ochilib, dastlabki baholash ishlari o‘tkazilgan.

 

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.