Jinoyat

Toshkentda Hindistondan pochta orqali yuborilgan kuchli ta’sir qiluvchi dorilar to‘xtatib qolindi

Jo‘natma ichida tarkibida jami 1,8 kilogramm “Pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi mavjud bo‘lgan 6 ming dona kapsula borligi aniqlandi.

Toshkentda Hindistondan pochta orqali yuborilgan kuchli ta’sir qiluvchi dorilar to‘xtatib qolindi

Toshkentdagi pochta bo‘limida Hindistondan yuborilgan jo‘natma ichidan 6 ming dona “Pregabalin” kapsulasi aniqlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma'lum qilinishicha, Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi pochta bo‘limida Toshkent viloyatining Toshkent tumanida yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan shaxs Hindistondan yuborilgan pochta jo‘natmasini qabul qilib olgan vaqtida to‘xtatilib, belgilangan tartibda tekshirilgan.

 

Tekshiruv davomida jo‘natma ichida tarkibida jami 1,8 kilogramm “Pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi mavjud bo‘lgan 6 ming dona kapsula borligi aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"