Jinoyat

Kanada va Koreyaga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Gumonlanuvchilar ishga va o‘qishga yuborishni va’da qilib, fuqarolardan minglab AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Kanada va Koreyaga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

O‘zbekistonda fuqarolarni Janubiy Koreyaga ishga va o‘qishga yuborishni, shuningdek, viza va hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilgan bir necha shaxslarning firibgarlik holatlari fosh etildi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda muqaddam sudlangan fuqaro M.A. ikki nafar fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, ulardan 12 ming AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgani aniqlandi.

 

Shuningdek, Departamentning Quvasoy shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda fuqaro D.R. bir fuqaroni Janubiy Koreyadagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritish va viza olib berishni va’da qilib, 11 ming AQSh dollarini qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur mablag‘ning 200 AQSh dollari protsessual tartibda qaytarilgani rasmiylashtirilgan.

 

Yana bir holatda, Departamentning Paxtaobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida muqaddam sudlangan fuqaro X.M. ikki nafar fuqaroga Kanada va Janubiy Koreyaga ketish uchun hujjatlarni tayyorlab berishni va’da qilib, jami 4 945 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgani aniqlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

custom img

“Hududgaz Qoraqalpog‘iston”da 251,5 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Holat yuzasidan mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Toshkentda 3 yoshli o‘g‘liga zo‘ravonlik qilgan ona ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U o‘g‘liga uxlatuvchi dori berib, uni qarovsiz qoldirib kelgani aniqlandi.

custom img

Toshkentda “Izzat Nazarbek” laqabli shaxs qo‘lga olindi

U bir necha fuqarodan qo‘rqitish va zo‘ravonlik orqali yirik miqdorda pul talab qilgan. Tezkor tadbir davomida undan ikki dona to‘pponcha va o‘q-dorilar ham aniqlangan.

custom img

Farg‘onada “Mansur Kazanskiy” laqabli shaxs tovlamachilikda gumonlanib ushlandi

Aripov Mansur noturar joyni avval o‘z nomiga rasmiylashtirib, keyinchalik uni asl egasiga qayta rasmiylashtirib berish evaziga 200 ming dollar talab qilgan.

custom img

Rossiyada terakt rejalashtirgan va Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan surxondaryolik 4 yigit qamaldi

Tergovda ularning aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatgani va yangi a’zolarni guruhga jalb qilgani aniqlangan.

custom img

Migratsiya agentligida 1 mlrd so‘mdan ortiq budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Ayrim xodimlarga ishlamagan davri uchun ish haqi va qonunchilikka zid ravishda rag‘batlantirish pullari to‘langan, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

custom img

Toshkentda mast yigit keksa ayolga nisbatan uyatsiz harakat sodir etganlikda gumonlanmoqda

Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ish sudga yuborildi.

custom img

Sirdaryoda sobiq murabbiyi shilqimlik qilgan qizga tayinlangan jarima bekor qilindi

Murabbiy 5 sutkaga qamaldi. Qiz xiyobonda baqir-chaqir qilgani uchun jarimaga tortilgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"