Jahon

Qamchibek Tashiyev hukmdan bir kun o‘tmay futbol uchrashuvida ko‘rinish berdi

Tashiyev hokimiyatni kuch bilan egallashga urinishda aybdor deb topilgandi.

Qamchibek Tashiyev hukmdan bir kun o‘tmay futbol uchrashuvida ko‘rinish berdi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq raisi Qamchibek Tashiyev 3-iyul kuni Manas shahridagi “Kurmanbek” stadionida bo‘lib o‘tgan Qirg‘iziston Premyer-ligasi uchrashuvini tomosha qildi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, tarqalgan kadrlarda Tashiyevning VIP tribunaga kirib borayotgani aks etgan. Mazkur uchrashuvda “Muras Yunayted” va “Aziyagol” jamoalari o‘zaro bahslashib, o‘yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan.

 

Eslatib o‘tamiz, 2-iyul kuni Bishkekning Birinchi may tuman sudi “75 lar xati” deb nomlangan jinoyat ishi bo‘yicha hukm chiqargan edi. Sud Tashiyevni hokimiyatni kuch bilan egallashga urinish aybi bilan to‘rt yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va mol-mulkini musodara etishga hukm qildi.

 

Shu bilan birga, sud unga uch yil muddatga probatsiya nazoratini qo‘llagani sababli u ozodlikdan mahrum etish jazosini amalda o‘tamaydi.

 

Lavozim vakolatini suiiste’mol qilish ayblovi bo‘yicha esa Tashiyev oqlandi. Uning advokati hukm ustidan apellyatsiya shikoyati berilishini ma’lum qilgan.

Turkiyada avtobus va evakuator to‘qnashdi: 11 kishi halok bo‘ldi

Turkiyada avtobus va evakuator to‘qnashdi: 11 kishi halok bo‘ldi

Jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan, hodisa yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.

Bir hafta ichida uch marta hujum: Yandex ma’lumotlar markazi faoliyati to‘xtatildi

Bir hafta ichida uch marta hujum: Yandex ma’lumotlar markazi faoliyati to‘xtatildi

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, biroq kompaniyaning bir nechta raqamli xizmatlari foydalanuvchilar uchun vaqtincha ishlamay qolgan.

Zelenskiy va Tramp o‘rtasida ziddiyat: Ukraina prezidenti G‘arb yetakchilariga qo‘ng‘iroq qildi

Zelenskiy va Tramp o‘rtasida ziddiyat: Ukraina prezidenti G‘arb yetakchilariga qo‘ng‘iroq qildi

Telefon suhbatlari Vashington va Kiyev o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan bir paytda o‘tkazildi.

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

U Zelenskiyni urushni tugatishga intilmayotganlikda aybladi.

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Zelenskiy Rossiyaning hujumini AQSHning sanksiyalarni yumshatish qarori bilan bog‘ladi.

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.