Jinoyat

Jizzaxda 100 ming so‘m pora olgan PPX inspektoriga 20,6 mln so‘m jarima tayinlandi

U ikki yil muddatga IIOda mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilindi.

Jizzaxda 100 ming so‘m pora olgan PPX inspektoriga 20,6 mln so‘m jarima tayinlandi

Jizzax viloyatining Forish tumanida haydovchidan 100 ming so‘m pora olgan patrul-post xizmati inspektori sud hukmi bilan jarimaga tortildi. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, B.X. Jizzax viloyati IIB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati batalyonida inspektor lavozimida ishlagan. U Jizzax shahridagi "Eski shahar buyum bozori" hududi oldida xizmat olib borayotgan vaqtda taqiqlangan joyda to‘xtagan Changan rusumli mikroavtobusni to‘xtatib, haydovchiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilishi, avtomobil jarima maydonchasiga olib ketilishi va buning oqibatida 1 million so‘mdan ortiq jarima hamda boshqa xarajatlar yuzaga kelishini bildirgan.

 

Haydovchi oilaviy sharoitini vaj qilib, uni ogohlantirish bilan qo‘yib yuborishni so‘ragan. Shundan so‘ng inspektor avval 1 million so‘m, keyin esa 100 ming so‘m evaziga masalani hal qilishni taklif qilgan. Haydovchi so‘ralgan mablag‘ni inspektor ko‘rsatgan bank kartasiga o‘tkazib bergan.

 

Haydovchi shu kunning o‘zida ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Xizmat tekshiruvi yakuniga ko‘ra, inspektor egallab turgan lavozimidan bo‘shatilgan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Forish tumani sudi B.X.ni Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi (pora olish) bilan aybdor deb topdi. Unga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari — 20,6 million so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

 

Shuningdek, sud hukmi bilan B.X. ikki yil muddatga ichki ishlar organlarida mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilindi.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.