Jinoyat

“Hududiy elektr tarmoqlari” Andijon filialining 12 nafar xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Filialda elektr hisoblagichlari bilan bog‘liq qonunbuzarliklar aniqlanib, xodimlarga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” Andijon filialining 12 nafar xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon va Samarqand filiallarida elektr energiyasi hisoblagichlarini iste’molchilarga o‘rnatish jarayonlari yuzasidan xizmat tekshiruvlari o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.

 

Xabarga ko‘ra, Ichki audit xizmati hamda Komplayens nazorati xizmati tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida Andijon hududiy filialida elektr hisoblagichlarini o‘rnatish jarayonida qonunchilik talablarining buzilgani va hisoblagichlar kamomadi aniqlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berilgan. Natijada qonunbuzarlik sodir etganlikda gumon qilinayotgan filialning 12 nafar xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda jamiyatga yetkazilgan zararni undirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

 

Shuningdek, tekshiruvlar davomida Samarqand shahrida elektr hisoblagichlari jamiyat mablag‘lari hisobidan iste’molchilarga noqonuniy ravishda o‘rnatilgani ham aniqlangan. Ushbu holat yuzasidan ham huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilingan.

 

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ma’lum qilishicha, Samarqand viloyatining boshqa shahar va tumanlarida ham elektr hisoblagichlarini o‘rnatish jarayonlari yuzasidan o‘rganishlar davom ettirilmoqda.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.