O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Belarusda bo‘ladi

Minsk shahrida O‘zbekiston – Belarus ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Belarusda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 8-9-iyul kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

 

Tashrif dasturiga muvofiq, Minsk shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston – Belarus ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

 

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, farmatsevtika, yengil sanoat, oziq-ovqat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida kooperatsiyani rivojlantirish masalalari diqqat markazida bo‘ladi.

 

Madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi. Sammit yakunida ustuvor yo‘nalishlarga doir ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish rejalashtirilgan.

 

Ta’kidlash joizki, tashrif arafasida Minsk shahrida ikki mamlakat hududlari delegatsiyalari va ishbilarmon doiralari ishtirokida uchinchi Hududlararo forum ham bo‘lib o‘tadi.

Botkin qabristonida devor qulab, qabr toshlariga zarar yetdi: qurilish to‘xtatildi

Botkin qabristonida devor qulab, qabr toshlariga zarar yetdi: qurilish to‘xtatildi

Buyurtmachi va pudrat tashkilotiga shikastlangan qabr toshlarini tiklash majburiyati yuklatildi.

O‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi: Ohangarondagi maktabda holat o‘rganilmoqda

O‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi: Ohangarondagi maktabda holat o‘rganilmoqda

Shuningdek, unga avval ham qo‘pol munosabatda bo‘lingani haqidagi ma’lumotlar tekshirilmoqda.

Dorixonalarga dori vositalari majburan qo‘shib sotilyaptimi? Raqobat qo‘mitasi holatni o‘rganmoqda

Dorixonalarga dori vositalari majburan qo‘shib sotilyaptimi? Raqobat qo‘mitasi holatni o‘rganmoqda

O‘zbekistonda ayrim dori yetkazib beruvchilar dorixonalardan buyurtma qilinmagan preparatlarni ham sotib olishni talab qilayotgani aytilmoqda.

O‘zbekistonliklarning xorijda qolib ketgan maoshlari undirildi: 850 ming dollar qaytarildi

O‘zbekistonliklarning xorijda qolib ketgan maoshlari undirildi: 850 ming dollar qaytarildi

Xorijdagi 817 nafar o‘zbekistonlikning ish haqi va kompensatsiyalar bilan bog‘liq murojaatlarini ko‘rib chiqdi.

Rulda uxlash oqibati: Andijonda yuk mashinasi YTHga uchradi

Rulda uxlash oqibati: Andijonda yuk mashinasi YTHga uchradi

Yuk mashinasi yo‘ldan chiqib ketib, yaqin atrofdagi turar joylarga zarar yetkazdi.

Suvni ortiqcha olganlarga moliyaviy jazo: 2027-yildan yangi tartib kuchga kiradi

Suvni ortiqcha olganlarga moliyaviy jazo: 2027-yildan yangi tartib kuchga kiradi

Suv olish limitidan oshish, shartnomasiz yoki ruxsatnomasiz suv olish qoidabuzarlik hisoblanadi.

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

120 dan ortiq holatning 39 tasiga gaz ta’minoti idoralari xodimlarining aloqadorligi qayd etildi.

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

Endilikda banklar, notarial idoralar, aeroportlar va boshqa tashkilotlarda ayrim hujjatlarning elektron shaklidan foydalanish mumkin.