Jahon

AQSh Erondagi qizlar maktabiga eskirgan razvedka ma’lumotlari asosida zarba bergan — CNN

Ma’lumotlarga ko‘ra, Pentagon nishonlar bo‘yicha ogohlantirishlarni e’tiborsiz qoldirgan.

AQSh Erondagi qizlar maktabiga eskirgan razvedka ma’lumotlari asosida zarba bergan — CNN

 

AQSh harbiy qo‘mondonligi Erondagi ayrim nishonlarga zarba berishda eskirgan razvedka ma’lumotlariga tayangan. Bu haqda CNN telekanali o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, fevral oyida Minob shahridagi qizlar maktabi ham kiritilgan nishonlar ro‘yxati tasdiqlangan. Biroq zarbalarni rejalashtirish tizimlarida ushbu ma’lumotlar 10 yildan ortiq avval yig‘ilgani va ularni qayta tekshirish zarurligi haqida ogohlantirishlar bo‘lgan.

 

CNN manbalariga ko‘ra, ushbu ogohlantirishlarga qaramay, harbiy qo‘mondonlik nishonlarni zarba beriladigan obyektlar ro‘yxatidan chiqarmagan. Telekanalning qayd etishicha, AQSh harbiylari hujumdan bir necha kun o‘tib hodisa sabablarini aniqlagan bo‘lsa-da, tergov natijalari hozirgacha rasman e’lon qilinmagan.

 

Eron rasmiylari 28-fevral kuni AQSh va Isroil tomonidan Minobdagi qizlar boshlang‘ich maktabiga havo hujumi uyushtirilganini ma’lum qilgan. Ularning bildirishicha, hodisa oqibatida 168 nafar o‘quvchi, 14 nafar o‘qituvchi va maktab xodimi halok bo‘lgan, yana o‘nlab fuqarolar jarohat olgan.

 

CNN shuningdek, Pentagonning eski razvedka bazalariga tayanishi hamda so‘nggi yillardagi kadrlar qisqarishi razvedka ma’lumotlarini tahlil qilish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Rossiya tomoni Kiyevda yangi yirik zarbalar xavfi mavjudligini bildirib, chet elliklarni Ukrainaga bormaslik va mamlakatda qolmaslikka chaqirdi.

Rossiyada o'lat xavfi: AQSh fuqarolariga mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

Rossiyada o'lat xavfi: AQSh fuqarolariga mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

AQSh elchixonasi Rossiyadagi amerikaliklar uchun sog‘liq bo‘yicha ogohlantirish e’lon qildi.