O'zbekiston

Toshkent–Nurafshon yo‘lining bir qismi 21 iyulgacha yopiladi

Cheklov yangi qurilayotgan ko‘prikdan boshlanib, O‘rta Chirchiq tumanidagi Avangard aholi yashash hududigacha bo‘lgan masofani qamrab oladi.

Toshkent–Nurafshon yo‘lining bir qismi 21 iyulgacha yopiladi

Toshkent va Nurafshon shaharlarini bog‘lovchi D-002 avtomobil yo‘lining bir qismida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi.

 

Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyati hokimining tegishli farmoyishiga asosan yo‘l infratuzilmasini qurish ishlarini yakunlash, harakat xavfsizligini ta’minlash va tirbandliklarning oldini olish maqsadida 21 iyulgacha D-002 avtomobil yo‘lining 4-kilometridan 9-kilometrigacha bo‘lgan qismida barcha transport vositalari harakati to‘liq cheklanadi.

 

Cheklov yangi qurilayotgan ko‘prikdan boshlanib, O‘rta Chirchiq tumanidagi Avangard aholi yashash hududigacha bo‘lgan masofani qamrab oladi.

 

Shu munosabat bilan Bekobod shahri va tumani hamda Bo‘ka tumanidan Toshkent tomon harakatlanayotgan haydovchilarga D-020 Qorasuv–Bo‘ka–Bekobod avtomobil yo‘li orqali Bo‘ka ko‘prigidan o‘ngga burilib, A-373 Toshkent–O‘sh avtomobil yo‘lidan foydalanish tavsiya etildi.

 

Piskent, O‘rta Chirchiq tumanlari va Nurafshon shahridan Toshkentga yo‘l oluvchilar esa D-002 avtomobil yo‘lining 26-kilometridagi “Tekstil” chorrahasi yoki 23-kilometrdagi Gulandon savdo majmuasi oldidan o‘ngga burilib, D-014 G‘azalkent–O‘rta Saroy–Nurafshon avtomobil yo‘li orqali harakatlanishi mumkin.

 

Bundan tashqari, haydovchilar D-002 avtomobil yo‘lining 9-kilometridagi Avangard aholi yashash hududidan mahalliy ahamiyatga ega 10V-111B yo‘li orqali O‘rta Saroy qishlog‘idan A-373 Toshkent–O‘sh avtomobil yo‘liga chiqib, Toshkent tomon harakatlanishlari mumkin.

 

Mas’ullar haydovchilardan vaqtinchalik cheklovni inobatga olib, qatnovlarini oldindan rejalashtirish hamda tavsiya etilgan aylanma yo‘llardan foydalanishni so‘radi.

 

Eslatib o‘tamiz, Toshkent va Nurafshon o‘rtasida BRT (Bus Rapid Transit) tizimini joriy etish rejalashtirilgan. Loyiha amalga oshirilgach, ikki shahar o‘rtasidagi qatnov vaqti qariyb ikki baravar qisqarib, 30 daqiqani tashkil etishi, 150 mingdan ortiq aholining harakatlanishi esa yanada xavfsiz va qulay bo‘lishi kutilmoqda.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.