Jinoyat

Telegram’da narkoshop ochgan sobiq futbolchi ushlandi

U avval ham shu turdagi jinoyat uchun sudlangan bo‘lishiga qaramay, noqonuniy faoliyatini qayta yo‘lga qo‘ygan.

Telegram’da narkoshop ochgan sobiq futbolchi ushlandi

Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan Telegram messenjerida turli nomlar ostida faoliyat yuritgan botlar orqali giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullangan shaxsning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi.

 

Ma’lum qilinishicha, botlar faoliyatini boshqargan shaxs ikki oy avval Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi uchinchi qismi "a" bandi bilan sudlangan bo‘lishiga qaramay, jinoiy faoliyatini yana davom ettirgan.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 1999-yilda tug‘ilgan ushbu fuqaro ilgari professional futbol klubida to‘p surgan, hozirda esa bolalar oromgohida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini olib borgan. U bir nechta "narkoshop" faoliyatini qayta yo‘lga qo‘ygani aniqlangan.

 

Surishtiruv davomida unga tegishli Telegram-botlar orqali giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar savdosidan olingan mablag‘lar kriptoaktivlarga aylantirilib, shaxsiy kriptobirja akkaunti orqali turli moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilgani aniqlangan.

 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, noqonuniy faoliyat davomida 550 million so‘mdan ortiq mablag‘ turli kriptohamyon manzillariga o‘tkazilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi ikkinchi qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.