Jahon

Falastinliklar timsohlar bilan qo‘riqlanadi

Isroil falastinlik mahbuslar saqlanadigan qamoqxonani timsohlar bilan himoyalamoqchi.

Falastinliklar timsohlar bilan qo‘riqlanadi

 

Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir qamoqxonalar xavfsizligini kuchaytirish maqsadida Nil timsohlaridan foydalanish tashabbusini ilgari surdi. Bu haqda Jerusalem Post xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, mazkur g‘oya ilk bor 2025-yilda Negev cho‘lidagi yuqori xavfsizlikka ega Ketziot qamoqxonasi atrofida tabiiy himoya to‘sig‘i yaratish taklifi sifatida ilgari surilgan. Ushbu qamoqxonada asosan falastinlik mahbuslar hamda G‘azo mojarosi davomida qo‘lga olingan shaxslar saqlanadi.

 

Avvalroq Nil timsohlari himoya ostidagi tur hisoblangani sababli tashabbusni amalga oshirishning huquqiy imkoniyati mavjud emas edi. Biroq Isroil Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi sudralib yuruvchilarning huquqiy maqomini o‘zgartirib, ularni muayyan shartlar asosida "asirlikda yetishtirilgan yovvoyi hayvon" toifasiga kiritdi. Bu esa xavfsizlik idoralariga ularni qamoqxona hududida qo‘llash imkonini berishi mumkin.

 

Ben-Gvirning ta’kidlashicha, timsohlardan foydalanish qamoqxonalardan qochish holatlarining oldini olish va qo‘riqlash xarajatlarini kamaytirishga xizmat qilishi mumkin.

 

Biroq tashabbus ekologlar va hayvonlarni himoya qilish tashkilotlari tomonidan tanqid qilinmoqda. Isroil Tabiat va bog‘lar boshqarmasi vakillari Nil timsohlari faqat ilmiy va ta’lim maqsadlarida saqlanishi kerakligini, ularni qamoqxona xavfsizligi uchun ishlatish esa jiddiy xavf tug‘dirishini bildirgan. Mutaxassislar bunday yirtqichlarning qochib ketishi insonlar hayotiga tahdid solishi mumkinligini ham qayd etmoqda.

 

Hozircha loyiha qachon amalga oshirilishi bo‘yicha rasmiy muddat e’lon qilinmagan.

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Rasmiylarga tabiiy ofat yetkazgan moddiy zarar yuzasidan qariyb 20 mingta murojaat kelib tushgan.

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dengiz orqali yuk tashishdagi uzilishlar, urushlar va qurg‘oqchilik global oziq-ovqat narxlarining oshishiga sabab bo‘lmoqda.

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Fuqarolarga transportdagi ehtimoliy uzilishlar va reyslar bekor qilinishini hisobga olish tavsiya etildi.

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri mamlakat dushmanlariga yanada kuchli zarbalar berilishi mumkinligini bildirdi.

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

AQSh Davlat kotibi Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishish qiyinligicha qolayotganini bildirdi.

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Sanalar yangi oyning ko‘rinishiga qarab bir kunga oldinga yoki keyinga surilishi mumkin.

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

Aroqchi Netanyaxuni AQShni Eron bilan yangi urushga tortishga urinayotganlikda aybladi.

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

2025-yil oxirida shaharda bu yosh guruhiga mansub 5,29 million kishi yashagan.