O'zbekiston

Toshkentdagi YTHda halok bo‘lgan YPX xodimi so‘nggi manzilga kuzatildi

16-iyul kuni Chevrolet Onix va YPX xizmat mototsikllari ishtirokida YTHda sodir bo‘lgan edi.

Toshkentdagi YTHda halok bo‘lgan YPX xodimi so‘nggi manzilga kuzatildi

 

2026-yil 17-iyul kuni Toshkent shahrida xizmat vazifasini bajarish chog‘ida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasi Maxsus batalyoni moto guruhi komandiri, leytenant Ozodbek Madiyorjon o‘g‘li Qo‘ldoshaliev bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Marhumning janoza marosimi Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida o‘tkazildi. Uni so‘nggi manzilga kuzatishda ichki ishlar organlari rahbariyati, xizmatdoshlari, yaqinlari hamda ko‘plab fuqarolar ishtirok etdi.

 

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 16-iyul kuni Toshkent shahrida Chevrolet Onix avtomobili va YPX xizmat mototsikllari ishtirokida og‘ir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan edi. Hodisa oqibatida xizmat vazifasini bajarayotgan leytenant Ozodbek Qo‘ldoshaliev og‘ir tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.

 

Marhum 29 yoshda edi.

Jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan video: Nilufar Hamidova 7 sutkaga qamaldi

Jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan video: Nilufar Hamidova 7 sutkaga qamaldi

Aktrisaning ko‘cha va bekat atrofida tasvirga olgan videosi ijtimoiy tarmoqlarda keskin noroziliklarga sabab bo‘lgandi.

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev 5-6-noyabr kunlari Ostona shahrida bo‘ladi.

Uchtepadagi chaqnash sabablari o‘rganilmoqda: prokuratura tekshiruv olib bormoqda

Uchtepadagi chaqnash sabablari o‘rganilmoqda: prokuratura tekshiruv olib bormoqda

Hodisada bir kishi jarohatlangan edi.

Movarounnahrdan O‘mongacha: O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi merosi bo‘yicha xalqaro muloqot ko‘lamini kengaytirmoqda

Movarounnahrdan O‘mongacha: O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi merosi bo‘yicha xalqaro muloqot ko‘lamini kengaytirmoqda

Maskatda O‘zbekiston va Ummon o‘rtasidagi tarixiy-madaniy aloqalarga bag‘ishlangan xalqaro simpozium o‘tkazildi. Unda 250 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

O‘zbekiston paxtachiligida tarixiy rekord: ilk bor 5 mln tonnadan ortiq hosil yetishtirildi

O‘zbekiston paxtachiligida tarixiy rekord: ilk bor 5 mln tonnadan ortiq hosil yetishtirildi

Hosilning 85 foizi 3 mingdan ortiq zamonaviy paxta terish mashinasi yordamida yig‘ib olingan.

51 tup daraxt kesildi, 5 mlrd so‘mdan ortiq kompensatsiya hisoblandi: qurilish kompaniyasiga chora ko‘rildi

51 tup daraxt kesildi, 5 mlrd so‘mdan ortiq kompensatsiya hisoblandi: qurilish kompaniyasiga chora ko‘rildi

Shuningdek, 396 mln so‘mlik zararni qoplash va 5 100 tup ko‘chat ekish majburiyati yuklatildi.

Chiptasiz yurish holatlari ko‘paydi: 6 kunda 2 152 ta bayonnoma rasmiylashtirildi

Chiptasiz yurish holatlari ko‘paydi: 6 kunda 2 152 ta bayonnoma rasmiylashtirildi

Toshkentda 8 ta avtobus yo‘nalishi nazoratga olindi.

Belgilangan me’yor buzildi: Toshkent aeroportida 1 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari topildi

Belgilangan me’yor buzildi: Toshkent aeroportida 1 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari topildi

Aeroportda xorijdan kelgan yo‘lovchilarning yuklari va shaxsiy buyumlari tekshirilganda, jami 691 gramm zargarlik buyumlari aniqlandi.