Jahon

Ukraina Rossiyadagi Wildberries omborlariga zarba berdi, sakkiz kishi halok bo‘ldi

Zelenskiyga ko‘ra, zarba berilgan omborlarda dronlar ishlab chiqarishda foydalaniladigan butlovchi qismlar saqlangan.

Ukraina Rossiyadagi Wildberries omborlariga zarba berdi, sakkiz kishi halok bo‘ldi

Rossiyaning Tambov shahri va Moskva viloyatidagi Elektrostal shahrida joylashgan Wildberries kompaniyasiga qarashli ikkita logistika ombori Ukraina dronlari hujumiga uchradi. Rossiya rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgan, 62 kishi tan jarohati olgan. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Tambovdagi omborga uyushtirilgan hujumda yetti kishi halok bo‘lgan va 25 kishi jarohatlangan. Elektrostaldagi omborga berilgan zarbada esa bir kishi vafot etib, 37 kishi jarohat olgan.

 

Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy zarbalar "dronlar ishlab chiqarish va navigatsiya uskunalari uchun sanksiyalar ostidagi butlovchi qismlar yetkazib berishda foydalanilgan yirik logistika obyektlari"ga qaratilganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, Ukraina Azov dengizi, Qora dengiz va Rossiya anneksiya qilgan Qrimdagi nishonlarga ham zarba bergan.

 

Wildberries bosh direktori Tatyana Kim voqeani kompaniya uchun "dahshatli tun" deb atadi. Tambov viloyati gubernatori Yevgeniy Pervishovning ma’lum qilishicha, tungi smenada ishlayotgan yetti xodim voqea joyida halok bo‘lgan. Unga ko‘ra, hujum vaqtida hududga yaqinlashayotgan 28 ta dron urib tushirilgan.

 

Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov esa Elektrostaldagi hujumda jarohatlanganlarning sakkiz nafari og‘ir ahvolda ekanini bildirdi. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, tunda Moskva viloyatida jami 48 ta dron urib tushirilgan, ulardan biri neft bazasiga qulab, yong‘in keltirib chiqargan.

 

Ukraina Xavfsizlik va hamkorlik markazi raisi Sergey Kuzan BBC’ga Wildberries Rossiya logistika tizimining muhim bo‘g‘ini ekanini, kompaniya platformasi orqali harbiy ehtiyojlar uchun ikki maqsadda foydalaniladigan mahsulotlar va elektron jihozlar xarid qilinganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, hujumdan asosiy maqsad Rossiya armiyasi va mudofaa sanoati ta’minot zanjirini izdan chiqarish bo‘lgan.

 

Zelenskiy Ukraina hujumlari Rossiyaning Ukraina hududlaridagi fuqarolik infratuzilmasiga berayotgan zarbalariga javob ekanini ta’kidladi. Shu bilan birga, Rossiya hujumlari oqibatida Ukrainada chorshanbaga o‘tar kechasi 14 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.

Moskvaga tahdid bo'lishi mumkin: AQSh elchixonasi fuqarolarini ogohlantirdi

Moskvaga tahdid bo'lishi mumkin: AQSh elchixonasi fuqarolarini ogohlantirdi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Moskvada terakt tayyorlanayotgani haqida xabar berilganini tasdiqladi.

AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini sotadi: shartnoma qiymati 2,1 mlrd dollar

AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini sotadi: shartnoma qiymati 2,1 mlrd dollar

Suriyada suv toshqinlari: 7 kishi halok bo'ldi

Suriyada suv toshqinlari: 7 kishi halok bo'ldi

Kuchli yomg‘ir mamlakatda ko‘priklar va transport infratuzilmasiga zarar yetkazgan.

Yangi COVID-19 shtammi bir nechta qit’aga tarqaldi: JSST xavf ortayotganidan ogohlantirdi

Yangi COVID-19 shtammi bir nechta qit’aga tarqaldi: JSST xavf ortayotganidan ogohlantirdi

Yangi koronavirus shtammi Kanada, AQSh va Yevropada aniqlangan.