Jinoyat

Xorazmda Rossiyadan shokolad ko‘rinishida yuborilgan giyohvand modda aniqlandi

Toshkentda ham kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan gashishni olayotgan shaxs ushlandi.

Xorazmda Rossiyadan shokolad ko‘rinishida yuborilgan giyohvand modda aniqlandi

Xorazm va Toshkentda 1,2 kilogrammdan ortiq gashish aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Xorazm viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Urganch shahrida yashovchi, 1997-yilda tug‘ilgan va avval giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs Urganch xalqaro aeroportida Rossiyadan yuborilgan posilkani qabul qilib olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

 

Tekshiruv davomida jo‘natma ichidagi turli shirinliklar orasiga shokolad ko‘rinishida yashirilgan 538 gramm gashish borligi aniqlandi.

 

Yana bir holat Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida qayd etildi. Unda Toshkent shahrida yashovchi 45 yoshli fuqaro narkokuryerlar tomonidan kontrabanda yo‘li bilan O‘zbekistonga olib kirilib, oldindan yashirib qo‘yilgan 700 gramm gashishni qabul qilib olayotgan vaqtida ushlandi.

 

Mazkur holatlar yuzasidan har ikki fuqaro ustidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, ularning ehtimoliy sheriklarini aniqlash bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.