Sport

Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkin

Argentinalik jurnalistga ko‘ra, 39 yoshli futbolchi jamoadoshlariga Ispaniya bilan bahs uning terma jamoa safidagi so‘ngi o‘yini ekanini aytgan.

Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkin

Jahon chempionati–2026 finalida Ispaniyaga mag‘lub bo‘lgan Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqda argentinalik jurnalist Ernan Kastilioga tayanib Goal xabar berdi.

 

Uning ma’lum qilishicha, 39 yoshli futbolchi finaldan keyin kiyim almashtirish xonasida jamoadoshlariga Ispaniyaga qarshi o‘yin Argentina milliy jamoasi safidagi so‘nggi bahsi bo‘lganini aytgan.

 

Biroq bu ma’lumot hozircha rasman tasdiqlangan emas. Messining o‘zi ham milliy jamoadagi faoliyatini yakunlayotgani haqida hech qanday bayonot bermagan.

 

TyC Sports nashri esa bu xabarga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerakligini yozdi. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Messi Jahon chempionati boshlanishidan avval xalqaro faoliyati bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilmagan va yaqinlariga ham bunday rejasi haqida aytmagan.

 

Finaldan keyin Messi ijtimoiy tarmoqlarda muxlislarga murojaat qilib, jamoani qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, u Argentina ketma-ket ikkinchi marta Jahon chempionati finaliga chiqqanini katta yutuq sifatida baholab, Ispaniya terma jamoasini chempionlik bilan tabrikladi.

 

2026 yilgi Jahon chempionatida Lionel Messi 8 ta uchrashuvda ishtirok etib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Eslatib o‘tamiz, Messi 2016 yilgi Amerika kubogi finalidagi mag‘lubiyatdan keyin ham Argentina terma jamoasidan ketishini e’lon qilgan edi. Ammo bir necha oy o‘tib qarorini o‘zgartirib, milliy jamoaga qaytdi. Keyinchalik u Argentina bilan 2021 va 2024 yilgi Amerika kubogi hamda 2022 yilgi Jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

custom img

Messi Ispaniyaning “Eldense” klubini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Argentinalik futbol yulduzi Ispaniya professional futbolidagi investitsiyalarini kengaytirmoqda.

custom img

Sindorov — Karlsen: bugun shaxmat olamida katta to‘qnashuv

Sindorov yetakchiligidagi “FYERS American Gambits” jamoasi bugun Magnus Karlsen sardorligidagi “Alpine APL Pipers”ga qarshi bahs olib boradi.

custom img

Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Futbolchi otasi Xorxe Messining vafotidan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlash qarori qat’iylashganini bildirdi.

custom img

US Open: Kamilla Rahimova dunyoning 29-raketkasini mag‘lub etdi

Teng kurashlar ostida o‘tgan birinchi set 7:6 hisobida Rahimovaning g‘alabasi bilan yakunlandi.

custom img

O‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilar ilk bor jahon chempioni bo‘ldi

Kumush medal Germaniya, bronza medal AQSH terma jamoasi vakillariga nasib etdi.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"