O'zbekiston

Prezident Nurafshonda Kelajak texnologiyalari markazi qurilishiga tamal toshi qo‘ydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahriga tashrifi chog‘ida “Cyber University” davlat universiteti faoliyati bilan ham tanishdi.

Prezident Nurafshonda Kelajak texnologiyalari markazi qurilishiga tamal toshi qo‘ydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahrida axborot xavfsizligi va raqamli texnologiyalarga ixtisoslashgan “Cyber University” davlat universiteti faoliyati bilan tanishdi.

 

 

Davlat rahbariga universitetda axborot va kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, robototexnika, kiberhuquq, raqamli kriminalistika hamda kiberiqtisodiyot yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanayotgani haqida ma’lumot berildi. Hozirda oliygohda qariyb ming nafar talaba tahsil olmoqda.

 

Prezident talabalar bilan muloqot qilib, kelgusida raqamli texnologiyalar sohasidagi mutaxassislarga ehtiyoj yanada ortishini ta’kidladi.

 

 

Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev universitetga tutash hududda barpo etiladigan Kelajak texnologiyalari markazi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi.

 

Davlat rahbari o‘z nutqida bugungi kunda raqobat raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni o‘zlashtirish darajasi bilan belgilanayotganini qayd etdi.

 

 

“Hayotimizning barcha jabhalarini raqamlashtirish bilan jiddiy shug‘ullanmasdan turib, rivojlanish mumkin emas. Busiz kelajagimiz yo‘qligini barchamiz teran anglashimiz kerak”, — dedi Prezident.

 

Ma’lum qilinishicha, umumiy maydoni 36 gektarni tashkil etadigan markaz qurilishiga qariyb 500 million dollar investitsiya jalb qilinadi. U ta’lim, ilmiy tadqiqot, texnologik sinov va ishlab chiqarishni birlashtiruvchi innovatsion ekotizim bo‘ladi.

 

 

Markazda kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar va kriptografiya yo‘nalishlarida zamonaviy laboratoriyalar, sun’iy intellekt data-markazi, muhandislik klasteri, yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarish markazi hamda dron va robototexnika vositalarini sinovdan o‘tkazish poligoni tashkil etilishi rejalashtirilgan.

 

 

Loyiha doirasida yetakchi xorijiy kompaniyalar va universitetlarni jalb qilish, mahalliy texnologiyalarni tijoratlashtirish hamda innovatsion mahsulotlarni xalqaro bozorga olib chiqish uchun platforma yaratiladi.

 

 

Qayd etilishicha, markazda 5 mingdan ortiq yuqori malakali ish o‘rni yaratiladi. Shuningdek, marosimda Xitoy, Rossiya va Germaniya kompaniyalari ishtirokida umumiy qiymati 465 million dollarlik 9 ta yangi loyiha qurilishiga ham start berildi. Ushbu loyihalar ishga tushgach, yana 5 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.

custom img

25 va 50 foiz: talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Qo‘shimcha muddat bakalavriat va magistraturaga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda qayta tiklangan talabalarga tegishli.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"