O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev “Nurafshon maxsus texnika” korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Davlat rahbari majmuadagi ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulotlar va zamonaviy texnologik yechimlarni ko‘zdan kechirdi.

Shavkat Mirziyoyev “Nurafshon maxsus texnika” korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahridagi “Nurafshon maxsus texnika” korxonasiga tashrif buyurdi.

 

 

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda avtomobilsozlik va mashinasozlik tarmoqlarini zamonaviy talablar asosida isloh qilish, sohaning raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

 

Umumiy qiymati 50 million AQSh dollari bo‘lgan loyiha doirasida 25,8 gektar maydonda tashkil etilgan “Nurafshon maxsus texnika” korxonasida bugungi kunda “KRANTAS” brendi ostida maxsus turdagi avtomobillar, harbiy texnika va turli mexanizmlar ishlab chiqarilmoqda, 300 nafardan ortiq yuqori malakali mutaxassis doimiy ish o‘rni bilan ta’minlangan.

 

 

Ishlab chiqarishda foydalanilayotgan uskuna va texnologiyalar AQSh, Germaniya, Italiya, Shvetsiya, Rossiya, Xitoy hamda Turkiya davlatlaridan keltirilgan.

 

 

O‘tgan davrda 2 yarim ming tonnaga yaqin metall konstruksiya, 300 dan ziyod avtomobil ustqurmasi, 200 dan ortiq shassi va 20 dan ziyod traktor ishlab chiqarildi. Jumladan, o‘tgan yilda 275 milliard so‘mlik texnika va mexanizmlar buyurtmachilarga yetkazib berildi.

 

 

Korxona import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini kengaytirishga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Shu maqsadda Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi 10 gektar yer maydonida yangi zavod qurish rejalashtirilgan. Bu esa yiliga 15-18 million AQSh dollarlik mahsulotlarni mahalliylashtirish imkonini beradi.

 

 

Davlat rahbari majmuadagi ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulotlar va zamonaviy texnologik yechimlarni ko‘zdan kechirdi. Soha mutasaddilari va muhandislar bilan muloqotda mahalliylashtirishni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.