Jahon

Tramp Janni Infantinoni BMT Bosh kotibi lavozimiga tavsiya qilmoqchi

AQSh prezidenti FIFA rahbarini dunyo miqyosida hurmatga sazovor va xalqlarni birlashtira oladigan yetakchi sifatida baholamoqda.

Tramp Janni Infantinoni BMT Bosh kotibi lavozimiga tavsiya qilmoqchi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp FIFA prezidenti Janni Infantinoni BMTning navbatdagi Bosh kotibi lavozimiga ilgari surishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The New York Post (NYP) o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

 

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Tramp Janni Infantinoni dunyo miqyosida hurmat qozongan va turli mamlakatlar hamda xalqlarni birlashtirish qobiliyatiga ega shaxs sifatida baholamoqda.

 

Qayd etilishicha, Tramp va Infantino 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati davomida yanada yaqin hamkorlik qilgan.

 

Shu bilan birga, nashr Trampning ehtimoliy tashabbusi BMTdagi geografik rotatsiya tamoyiliga mos kelmasligini eslatgan. Amaldagi qoidalarga ko‘ra, navbatdagi Bosh kotib Lotin Amerikasi yoki Karib havzasi davlatlaridan nomzod bo‘lishi kutilmoqda. Biroq, The New York Post manbalariga ko‘ra, bu holat Infantino nomzodi uchun hal qiluvchi to‘siq bo‘lmasligi mumkin.

 

Trampning global hamkorlik bo‘yicha maxsus elchisi va Dominikan Respublikasining BMTdagi sobiq elchisi Paolo Zampolli nashrga bergan izohida Janni Infantinoning xalqaro tajribasi va muzokara olib borish salohiyati BMT rahbari lavozimida samarali faoliyat yuritishiga xizmat qilishini ta’kidlagan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, BMT Bosh kotibi saylovlari joriy yilning dekabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Hozirda ushbu lavozim uchun bir necha nomzod, jumladan Chilining sobiq prezidenti Mishel Bachelet hamda MAGATE bosh direktori Rafael Grossi nomzodi tilga olinmoqda.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.