O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi yirik qurilish obyektlarini ko‘zdan kechirdi

Prezident tashrif davomida Milliy pedagogika universiteti kampusi, Milliy kutubxona, "Yangi O‘zbekiston" universiteti va zamonaviy futbol stadioni qurilishi bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi yirik qurilish obyektlarini ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Davlat rahbari dastlab Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga tashrif buyurdi. U yerda shaharning bosh rejasi, yirik obyektlarning joylashuvi va navbatdagi qurilish bosqichlari taqdim etildi.

 

 

Taqdimot davomida transport va muhandislik infratuzilmasini qurilishlar bilan uyg‘un rivojlantirish, yashil hududlar va jamoat makonlarini bog‘lash, shuningdek, Yangi Toshkentni amaldagi poytaxt bilan integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi. Prezident barcha loyihalarni yagona shaharsozlik konsepsiyasi asosida yuqori sifat bilan amalga oshirish zarurligini ta’kidladi.

 

 

Shundan so‘ng davlat rahbari Yangi Toshkentda bunyod etilayotgan Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti kampusini ko‘zdan kechirdi. Majmua tarkibidan o‘quv binolari, ilmiy laboratoriyalar, elektron kutubxona, talabalar turar joylari, sport va madaniyat inshootlari o‘rin oladi. Unda xalqaro ta’lim standartlarini bosqichma-bosqich joriy etish hamda boshqaruv tizimini transformatsiya qilish rejalashtirilgan.

 

 

Prezident, shuningdek, O‘zbekiston Milliy kutubxonasining yangi binosidagi qurilish ishlari bilan ham tanishdi. Umumiy maydoni 30 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan to‘rt qavatli bino bir vaqtning o‘zida 1 420 nafar kitobxonga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hozirda obyektda qurilish va pardozlash ishlarining 90 foizi yakunlangan bo‘lib, uni joriy yil foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

 

 

Tashrif davomida "Yangi O‘zbekiston" universitetining yangi kampusi ham ko‘zdan kechirildi. 50 gektar maydonda qurilayotgan majmua 10 ming nafar talabaga mo‘ljallangan bo‘lib, unda fakultetlar, kutubxona, muzey, multimedia zallari, sport majmuasi, suzish havzasi va talabalar turar joylari barpo etiladi.

 

 

Prezident Yangi Toshkentda bunyod etilayotgan zamonaviy futbol stadioni qurilishi bilan ham tanishdi. 55 ming tomoshabinga mo‘ljallangan arena FIFA talablariga muvofiq barpo etilmoqda. Qurilish ishlari 2025-yil noyabrida boshlangan bo‘lib, bugungi kunga qadar ularning 65 foizi bajarilgan.

 

 

Ma’lum qilinishicha, stadion 2027-yilda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatining yarim final va final uchrashuvlariga mezbonlik qilishi rejalashtirilgan. Stadion hududida mashg‘ulot maydonlari, 5,5 ming o‘rinli avtoturargoh va metro bekati ham barpo etiladi.

 

 

Tashrif yakunida Prezident barcha obyektlarda qurilish va jihozlash ishlarini belgilangan muddatlarda, yuqori sifat bilan yakunlash hamda ularni Yangi Toshkentning umumiy shaharsozlik konsepsiyasi bilan uyg‘unlashtirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

custom img

Toshkentda havo keskin ifloslandi: mutaxassislar asosiy sabablarni ma’lum qildi

19-sentyabr soat 21:00 dan 20-sentyabr soat 04:00 gacha Toshkentda havo sifati vaqtincha yomonlashib, AQI 101–150 — sezgir guruhlar uchun zararli darajaga yetishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"