Jahon

Infantino Jahon chempionati ulushlarini xususiy investorlarga sotmoqchi

Tashabbus UEFAning keskin tanqidiga sabab bo‘ldi.

Infantino Jahon chempionati ulushlarini xususiy investorlarga sotmoqchi


 
Britaniyaning The Times nashriga ko‘ra, FIFA Forward Enterprise deb nomlangan yangi kompaniya taxminan 20 milliard dollarga baholanmoqda. Rejaga ko‘ra, kompaniyaning 20–30 foiz ulushi xususiy investorlarga sotiladi, FIFA esa nazorat paketini o‘zida saqlab qoladi. Mablag‘lar futbolni rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirishga yo‘naltirilishi aytilmoqda.


 
Asosiy investor sifatida Joshua Kushner boshchiligidagi Thrive Capital tilga olinmoqda. Joshua Kushner AQSH prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushnerning ukasi hisoblanadi. The Times ma'lumotiga ko‘ra, loyiha yuzasidan Oq uy bilan ham maslahatlashuvlar o‘tkazilgan.


 
Nashrning yozishicha, agar loyiha amalga oshsa, Infantino 2031-yilda FIFA prezidentligi muddati tugagach, yangi kompaniyada yuqori lavozim egallashi va buning evaziga katta miqdorda daromad olishi mumkin. Biroq FIFA bu borada hali yakuniy qaror qabul qilinmaganini, loyiha faqat maslahatlashuv bosqichida ekanini bildirdi.


 
UEFA esa tashabbusni keskin tanqid qilib, "Futbol FIFAning mulki emas va uni sotish ham mumkin emas. Futbolning ruhi va boshqaruvi savdo qilinadigan aktiv emas", deya bayonot berdi.


 
Yevropa futbol uyushmasi bu reja futbol boshqaruvi tarixida xavfli burilish bo‘lishi mumkinligini ta'kidlab, shaffoflik yo‘qligi va tijorat manfaatlari sport qadriyatlaridan ustun qo‘yilayotganidan xavotir bildirdi. Ayrim Yevropa futbol doiralari hatto kelgusida FIFA bilan jiddiy qarama-qarshilik yuzaga kelishi yoki Jahon chempionati boykot qilinishi ehtimolini ham istisno qilmayapti.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.