Jahon

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi terrorchilar bilan aloqani yashirgani uchun hibsga olindi

Erkak xalqaro qidiruvdagi terrorchilik tashkiloti a’zosi bilan olti oy davomida muntazam muloqot qilgan.

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi terrorchilar bilan aloqani yashirgani uchun hibsga olindi

 

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston fuqarosi terrorchilik tashkiloti vakilining yollashga urinishlari haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bermagani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda TASS huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 1999-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi o‘tgan yil kuzida Telegram orqali Rossiyada taqiqlangan "Islom davlati" (IShID) terrorchilik tashkilotining xalqaro qidiruvda bo‘lgan a’zolaridan biri bilan aloqaga kirishgan. Manbaga ko‘ra, ular o‘rtasidagi yozishmalar qariyb olti oy davom etgan.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, suhbat davomida terrorchilik tashkiloti vakili erkakni IShID safiga qo‘shilishga, Suriyaga borib jangovar harakatlarda qatnashishga hamda terrorchilik faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun pul o‘tkazishga undagan.

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ushbu yollashga urinishlar haqida xabar bermagani sababli unga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 205.6-moddasi ("Jinoyat haqida xabar bermaslik") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mazkur modda bo‘yicha bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

 

Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda. Agar terrorchilik tashkilotiga pul o‘tkazilgani tasdiqlansa, gumonlanuvchiga terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashish ayblovi ham qo‘yilishi mumkin. Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, bunday jinoyat uchun 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Sankt-Peterburgda chamadondan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi: 15 yoshli o‘g‘li gumonlanmoqda

Sankt-Peterburgda chamadondan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi: 15 yoshli o‘g‘li gumonlanmoqda

Ayol 1-noyabr kuni ishga ketganidan keyin bedarak yo‘qolgan.

Italiyada kuchli yog‘ingarchilik: ayrim hududlarni suv bosdi

Italiyada kuchli yog‘ingarchilik: ayrim hududlarni suv bosdi

Liguriya mintaqasida ikki kun davom etgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida ko‘chalar va binolarni suv bosdi, ko‘chkilar yuz berdi.

AQShda tug‘ilish orqali fuqarolik olishga urinish: 6 mingdan ortiq viza bekor qilindi

AQShda tug‘ilish orqali fuqarolik olishga urinish: 6 mingdan ortiq viza bekor qilindi

AQSh Davlat departamenti tug‘ilish turizmini tashkil etishga aloqador shaxslarni aniqlash va javobgarlikka tortish choralarini ko‘rmoqda.

Minglab odamlar uyiga qaytishi mumkin: Rossiya va Ukraina mahbus almashinuvini tayyorlamoqda

Minglab odamlar uyiga qaytishi mumkin: Rossiya va Ukraina mahbus almashinuvini tayyorlamoqda

Bu urush boshlanganidan beri eng yirik mahbus almashinuvi bo'lishi mumkinligi ta'kidlandi.

Tailanddagi qotillik: xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik erkak AQSHda qo‘lga olindi

Tailanddagi qotillik: xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik erkak AQSHda qo‘lga olindi

Hozirda erkak deportatsiya jarayonini kutib, ICE hibsxonasida saqlanmoqda.

Japarovga yangi raqib: prezidentlik poygasiga yagona ayol nomzod qo‘shildi

Japarovga yangi raqib: prezidentlik poygasiga yagona ayol nomzod qo‘shildi

Qirg‘izistonda prezidentlik lavozimiga da’vogarlar soni 11 nafarga yetdi.

Turkiyada vertolyot qulab tushdi: to‘rt harbiy halok bo‘ldi

Turkiyada vertolyot qulab tushdi: to‘rt harbiy halok bo‘ldi

Hozirda harbiy vertolyotning qulash sabablari o‘rganilmoqda.

BAAda yirik YTH: 14 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi

BAAda yirik YTH: 14 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi

To‘qnashuvdan so‘ng boshlangan yong‘in boshqa transport vositalariga ham tarqalgan.