Sport

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

Financial Times xabariga ko‘ra, UEFA payshanba kuni onlayn formatda o‘tkazilgan favqulodda yig‘ilishda FIFAning yangi tijoriy loyihasiga qarshi chiqdi. Qarorga ko‘ra, agar FIFA ushbu rejadan voz kechmasa, UEFAga a’zo mamlakatlar FIFA musobaqalarini, jumladan Jahon chempionatini boykot qiladi.

 

UEFA bayonotida qayd etilishicha, FIFA taklifi to‘liq bekor qilinmaguncha tashkilotga a’zo birorta ham milliy terma jamoa FIFA turnirlarida qatnashmaydi.

 

Gap FIFA prezidenti Janni Infantino ilgari surgan, qiymati 20 milliard dollarga baholanayotgan yangi tijoriy tuzilmadagi 20 foiz ulushni xususiy investorlarga sotish rejalari haqida bormoqda. FIFA ushbu bitimdan tushadigan mablag‘ni o‘zining 211 ta a’zo assotsiatsiyasiga yo‘naltirishni, har biriga oldindan 20 million dollardan ajratishni rejalashtirgan. Biroq UEFA bu tashabbusni keskin rad etdi.

 

“Jahon chempionatiga investitsiya mahsuloti sifatida qarash mumkin emas. Uning hech bir qismi xususiy investorlarga topshirilmasligi kerak. Jahon chempionati sotilmaydi”, — deyiladi tashkilot bayonotida.

 

Nashrning qayd etishicha, UEFA tarkibiga Ispaniya, Fransiya va Angliya kabi futbolning yetakchi davlatlari kiradi. Shu bois Yevropa jamoalarisiz Jahon chempionatining tijoriy jozibadorligi sezilarli darajada pasayishi mumkin.

 

Boykot qarori FIFA va UEFA o‘rtasidagi so‘nggi yillardagi eng jiddiy qarama-qarshiliklardan biri sifatida baholanmoqda. Angliya futbol assotsiatsiyasi ham UEFA pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.

 

FIFA’ning sobiq prezidenti Zepp Blatter ham Jahon chempionatini boshqarish uchun alohida kompaniya tashkil etish va uning 20 foiz ulushini tashqi investorlarga taklif qilish rejasini keskin tanqid qilgandi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

O‘zbekiston futbolidagi yangi bosqich, legionerlar o‘sishi hamda infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha tahliliy maqola.

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

“Bavariya” hujumchisi 2025/26-yilgi mavsumda klub va terma jamoa safida jami 73 ta gol urib, Kilian Mbappe va Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Jamoa Iordaniya, Shimoliy Koreya va Bahraynga qarshi maydonga tushadi.

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

Turnirda qatnashish uchun 5 831 nafar shaxmatchi ro‘yxatdan o‘tgan bo'lib, ularning 633 nafari ayollar hisoblanadi.

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

WT terma jamoasi “Qatar Open” xalqaro turnirida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Terma jamoalar o‘rtasidagi bahs “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.