Jahon

Ufada O‘zbekiston fuqarosi daryoda cho‘kib ketdi

U cho‘milish taqiqlangan hududda kuchli oqimni yenga olmagan.

Ufada O‘zbekiston fuqarosi daryoda cho‘kib ketdi

Rossiyaning Ufa shahrida O‘zbekiston fuqarosi Belaya daryosida cho‘kib ketdi. Hodisa “Kamennaya perepravi” hududidagi ko‘prik ostida, cho‘milish xavfli deb belgilangan joyda sodir bo‘lgan.

 

Mahalliy ma’lumotlarga ko‘ra, erkak jazirama tufayli cho‘milmoqchi bo‘lgan, biroq kuchli oqimni yenga olmay suvga cho‘kkan.

 

Ufa Fuqarolik muhofazasi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 22–28-iyul kunlari qutqaruvchilar 87 kishiga, jumladan, 33 nafar bolaga yordam ko‘rsatgan. Belaya daryosidagi “Solnechniy” plyajida esa 74 kishi qutqarib qolingan.

 

Qayd etilishicha, o‘tgan yil davomida suvdan jami 30 kishi, jumladan sakkiz nafar bola qutqarilgan. Bu esa joriy yilning iyul oyidagi bir haftada qutqarilganlar soni o‘tgan yozgi mavsumdagi ko‘rsatkichdan qariyb uch baravar ko‘p ekanini anglatadi.

 

Mutaxassislar buni havo haroratining yuqoriligi va Belaya hamda Ufa daryolarida suv sathining balandligi bilan izohlamoqda. Ularning ta’kidlashicha, kuchli oqim saqlanib qolayotgani sababli shaharda daryolarda cho‘milish taqiqi hamon amal qilmoqda. Aholiga daryolar o‘rniga ko‘llarda cho‘milish tavsiya etilgan.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"