O'zbekiston

O'zbekistonda zamonaviy basseyn qurgan tadbirkorlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya beriladi

2028-yilgacha foydalanishga topshiriladigan dastlabki 100 ta basseyn uchun qurilish va ishga tushirish xarajatlarining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi.

O'zbekistonda zamonaviy basseyn qurgan tadbirkorlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya beriladi

Hukumat zamonaviy suzish havzalari (basseynlar) qurilishini rag‘batlantirish maqsadida yangi subsidiya mexanizmini joriy etdi. Bu haqda Turizm qo'mitasi xabar berdi.

 

Endilikda tadbirkorlar qurilish va foydalanishga topshirish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq 100 mln so‘mdan oshmagan qismini davlat hisobidan qoplab olishi mumkin.

 

Hukumat qarori bilan “Yangi zamonaviy suzish havzalarini (basseyn) qurish va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Unga ko‘ra, subsidiya 2026-yil 1-fevraldan 2028-yil 1-yanvargacha foydalanishga topshiriladigan dastlabki 100 ta zamonaviy suzish havzasi uchun ajratiladi.

 

Subsidiya olishni istagan tadbirkor soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdor bo‘lmasligi, qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida bo‘lmasligi, faoliyati qonunchilikka muvofiq vaqtincha to‘xtatilmagan hamda sud qarori bilan to‘lovga qobiliyatsiz deb topilmagan bo‘lishi kerak.

 

Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali Turizm qo‘mitasiga taqdim etiladi.

 

Arizaga suzish havzasining loyiha hujjatlari, qurilish va ishga tushirish bo‘yicha pudrat shartnomasi hamda amalga oshirilgan to‘lovlarni tasdiqlovchi elektron hujjatlar ilova qilinadi.

 

Turizm qo‘mitasi subsidiya ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilganidan so‘ng, mablag‘lar 10 ish kuni ichida talabgorning hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.

 

Mazkur mexanizm hududlarda turizm va sport infratuzilmasini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish hamda yangi investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.