Jinoyat

Jizzax va Parkentda ming tonnadan ortiq asfalt talon-toroj qilindi

Tekshiruvlarda jami 1 174 tonna asfalt va 672,7 mln so‘m byudjet mablag‘lari bilan bog‘liq qonunbuzarliklar fosh etilgan.

Jizzax va Parkentda ming tonnadan ortiq asfalt talon-toroj qilindi

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanida obodonlashtirish boshqarmalari mansabdor shaxslari ishtirokida ming tonnadan ortiq asfaltni talon-toroj qilish holatlari fosh etildi. 

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sharof Rashidov tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari 6 ta ichki yo‘lda asfaltlash ishlarini amalda bajarmagan holda, xarid qilingan qiymati 348,7 mln so‘mlik 634 tonna asfaltni naqd pulga sotib yuborgani va mablag‘larni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatgani aniqlangan.

 

Shuningdek, Departamentning Parkent tumani bo‘limi o‘tkazgan tekshiruvda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari o‘zaro til biriktirib, “G.W.” MChJ tomonidan 540 tonna asfalt yetkazib berilmagan bo‘lsa-da, mahsulot qabul qilingani haqida soxta hisob-fakturalar rasmiylashtirgani ma’lum bo‘lgan. Natijada 324 mln so‘m miqdoridagi byudjet mablag‘lari o‘zlashtirilgani aniqlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.