Jahon

Rossiyaning Gelenjik kurortidagi plyajga dron qulashi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi

Hodisa tufayli yana 47 kishi jarohatlandi. Ukraina dron Rossiya armiyasi radioelektron kurash vositasi ta’sirida qulaganini bildirdi.

Rossiyaning Gelenjik kurortidagi plyajga dron qulashi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi

Rossiyaning Krasnodar o‘lkasidagi Gelenjik shahri yaqinida joylashgan Arxipo-Osipovka qishlog‘idagi plyajga uyushtirilgan dron hujumi oqibatida 7 kishi, jumladan 3 nafar bola halok bo‘ldi. Yana 47 kishi turli darajada tan jarohati oldi. Bu haqda Vedmosti xabar berdi.

 

Krasnodar o‘lkasi tezkor shtabi ma’lumotiga ko‘ra, hujum 3-avgust kuni ertalab sodir bo‘lgan. Dastlab 13 nafar jabrlangan haqida xabar berilgan bo‘lsa, keyinchalik qurbonlar va jabrlanganlar soniga aniqlik kiritilgan.

 

Gelenjik shahar-kurorti rahbari Aleksey Bogodistovning bildirishicha, jabrlanganlarning 21 nafari shifoxonaga yotqizilgan, 19 nafarga ambulator tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

 

Hodisadan so‘ng Arxipo-Osipovkada tezkor shtab tashkil etildi. Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar tibbiyoti bo‘yicha ixtisoslashtirilgan brigada yuborilgan. Shuningdek, Gelenjik, Tuapse va Krasnodar shaharlaridan tez tibbiy yordam brigadalari jalb etilgan.

 

Hodisaga Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ham munosabat bildirdi. Vazirlik rasmiy vakili Mariya Zaxarova NATO va Yevropa Ittifoqini terrorizmga nisbatan ilgari bildirgan pozitsiyasidan chekinishda aybladi.

 

Ukraina Telegram-kanallari dron radioelektron kurash (REK) vositalari ta’siri oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, plyajga qulaganini da’vo qilmoqda.

 

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 3-avgustga o‘tar kechasi Krasnodar o‘lkasi va Qora dengiz akvatoriyasi Ukraina tomonidan dronlar bilan hujumga uchragan. Vazirlik ushbu hududlar osmonida uchuvchisiz uchish apparatlari yo‘q qilinganini, Rossiya hududi uzra jami 131 ta dron urib tushirilganini ma’lum qildi.

 

 

Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid hujjatlar o‘g‘irlandi: xakerlar sun’iy intellektdan foydalangan

Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid hujjatlar o‘g‘irlandi: xakerlar sun’iy intellektdan foydalangan

Tekshiruv davomida O‘zbekistonning O‘rmon xo‘jaligida qo‘llaniladigan Smart Forestry raqamli platformasiga kirish izlari ham aniqlangan.

Hormuz bo‘g‘ozidagi portlashlar neft narxiga ta’sir qildi: Brent 92 dollardan oshdi

Hormuz bo‘g‘ozidagi portlashlar neft narxiga ta’sir qildi: Brent 92 dollardan oshdi

Kemalarga hujumlar davom etayotgani ortidan jahon bozorida neft narxi yana ko‘tarildi.

Rossiyada ayiq hujumlari: bahordan buyon qurbonlar soni 35 nafarga yetdi

Rossiyada ayiq hujumlari: bahordan buyon qurbonlar soni 35 nafarga yetdi

Kamchatkada sayyohlik bazasi qorovuli ayiq hujumi oqibatida halok bo‘ldi.

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: Sadir Japarov nomzodini ilgari surdi

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: Sadir Japarov nomzodini ilgari surdi

Navbatdagi prezidentlik saylovi 2027-yil 27-yanvarga belgilangan.

Rossiyada migrant oilalariga yangi talab: ishlamaydigan oila a'zolari uchun soliq joriy etiladi

Rossiyada migrant oilalariga yangi talab: ishlamaydigan oila a'zolari uchun soliq joriy etiladi

Ushbu chora migrantlarning ishlamaydigan yaqinlari Rossiyada qolishini cheklashga qaratilgan.

G‘azoda Isroil hujumlari davom etmoqda: olti falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari davom etmoqda: olti falastinlik halok bo‘ldi

O‘tgan yili e’lon qilingan sulhdan buyon Isroil hujumlari oqibatida 1600 nafardan ortiq falastinlik halok bo‘lgan.

Qalin tuman katta fojia keltirdi: 12 kishi halok bo‘ldi

Qalin tuman katta fojia keltirdi: 12 kishi halok bo‘ldi

Ko‘rish masofasi ayrim joylarda atigi 10 metrgacha qisqarishi oqibatida Bolgariyada yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Rossiya Ukrainadagi 10 ta viloyatga hujum qildi: energetika obyektlari shikastlandi

Rossiya Ukrainadagi 10 ta viloyatga hujum qildi: energetika obyektlari shikastlandi

Zarba oqibatida bir nechta viloyatda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi, Vinnitsa viloyatida esa ikki kishi halok bo‘ldi.