Jinoyat

Sirdaryoda sobiq murabbiyi shilqimlik qilgan qizga tayinlangan jarima bekor qilindi

Murabbiy 5 sutkaga qamaldi. Qiz xiyobonda baqir-chaqir qilgani uchun jarimaga tortilgan edi.

Sirdaryoda sobiq murabbiyi shilqimlik qilgan qizga tayinlangan jarima bekor qilindi

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida sobiq murabbiyi tomonidan jinsiy shilqimlikka uchragan 18 yoshli qizga mayda bezorilik uchun tayinlangan ma’muriy jarima apellyatsiya instansiyasi tomonidan bekor qilindi. Bu haqda Sirdaryo viloyati sudlari xabar berdi.

 

Sud hujjatlariga ko‘ra, voqea 2026-yil 17-iyul kuni Sayxunobod tumanidagi "Shodlik" mahallasida joylashgan xiyobonda sodir bo‘lgan. Sport maktabida murabbiy bo‘lib ishlovchi S.X. avval o‘ziga shogird bo‘lgan qizni uchratib, unga jinsiy aloqa taklif qilgan va shahvoniy shilqimlik qilgan. Qizning bundan jahli chiqqan, S.X bilan janjallashib, baqir-chaqir qilgan.

 

Sayxunobod tuman sudi S.X.ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik) bilan aybdor deb topib, unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan.

 

Shu bilan birga, qiz xiyobonda baqir-chaqir qilgani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan aybdor deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari — 1 mln 236 ming so‘m miqdorida jarima belgilangan edi.

 

Keyinchalik mazkur qaror ustidan berilgan shikoyat Sirdaryo viloyat sudining apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqildi. Sud birinchi instansiya qarorini qizga nisbatan bekor qildi.

 

Apellyatsiya instansiyasi qarorida qayd etilishicha, qizning harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik hodisasi mavjud emas. Shu sababli unga oid ma’muriy ish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 271-moddasi 1-qismi asosida tugatildi.

 

Shuningdek, viloyat sudi ma’muriy ish bo‘yicha surishtiruv harakatlarini olib borgan ichki ishlar organi profilaktika inspektori hamda ishni ko‘rgan Sayxunobod tuman sudining tergov sudyasiga nisbatan tegishli taqdimnomalar kiritdi.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.