Jinoyat

Farg‘onada “Mansur Kazanskiy” laqabli shaxs tovlamachilikda gumonlanib ushlandi

Aripov Mansur noturar joyni avval o‘z nomiga rasmiylashtirib, keyinchalik uni asl egasiga qayta rasmiylashtirib berish evaziga 200 ming dollar talab qilgan.

Farg‘onada “Mansur Kazanskiy” laqabli shaxs tovlamachilikda gumonlanib ushlandi

Farg‘ona viloyatida “Mansur Kazanskiy” laqabi bilan tanilgan, uyushgan jinoyatchilikka aloqador shaxs tovlamachilikda gumonlanib ushlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, Aripov Mansur Fozilovich Toshkent shahrida yashovchi fuqaroga tegishli noturar joyni 1,2 mln dollarga sotib olishga kelishgan. Hisob-kitobni obyektni garovga qo‘yish orqali bank krediti hisobidan amalga oshirish rejalashtirilgan.

 

Obyekt notarial tartibda Aripov nomiga rasmiylashtirilganidan so‘ng, u kreditning oylik to‘lovlari va foizlari bilan tanishib, qarz olishdan bosh tortgan. Shundan keyin esa noturar joyni asl egasiga qaytarish o‘rniga, uni jabrlanuvchi nomiga qayta rasmiylashtirib berish evaziga 200 ming dollar talab qilgani aytilmoqda.

 

Bundan tashqari, Aripov 1968-yilda tug‘ilgan sherigi bilan birga jabrlanuvchining tadbirkor hamkoriga bosim o‘tkazib, uni qoralovchi materiallar to‘plangani va jinoiy javobgarlikka tortilishi bilan qo‘rqitgan hamda undan pul talab qilgan.

 

Farg‘ona viloyati IIB va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi Farg‘ona shahridagi Burhoniddin Marg‘inoniy ko‘chasida joylashgan notarial idorada noturar binoni jabrlanuvchiga qayta rasmiylashtirib berish evaziga 100 ming dollar olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyatga aloqador shaxslar protsessual tartibda ushlangan.

 

Huquq-tartibot organlari mazkur shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolar bo‘lsa, 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishlarini so‘ragan.

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"