Jinoyat

Toshkentda 3 yoshli o‘g‘liga zo‘ravonlik qilgan ona ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U o‘g‘liga uxlatuvchi dori berib, uni qarovsiz qoldirib kelgani aniqlandi.

Toshkentda 3 yoshli o‘g‘liga zo‘ravonlik qilgan ona ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda 3 yoshli bolaga nisbatan zo‘ravonlik qilingani  yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Yashnobod tumanida yashovchi bir guruh fuqarolar tomonidan Bolalar ombudsmani kotibiyatiga voyaga yetmagan bolaga nisbatan zo‘ravonlik qilinayotgani haqida murojaat kelib tushgan.

 

Murojaatda 1989-yilda tug‘ilgan A.T. ismli ayol 2023-yilda tug‘ilgan o‘g‘li A.I.ga muntazam ravishda jismoniy zo‘ravonlik qilayotgani, shuningdek, unga uxlatuvchi dori vositalarini berib, bolani qarovsiz va parvarishsiz qoldirayotgani bildirilgan.

 

Bolalar ombudsmanining rasmiy so‘rovi asosida holat Ichki ishlar boshqarmasi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan o‘rganilgan.

 

O‘rganish natijalariga ko‘ra, bolaga nisbatan muttasil tazyiq va qiynash holatlari yuzasidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (Qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, bolaga nisbatan himoya orderi rasmiylashtirilgan.

 

Hozirda bolaning sog‘lig‘ini tiklash uchun zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilgan va uning salomatligi barqaror yaxshi holatda ekani ma’lum qilindi.

 

Tuman vasiylik organi tomonidan bolaning qonuniy manfaatlarini inobatga olgan holda vaqtincha vasiylik ta’minlangan. A.T.ni ota-onalik majburiyatlarini bajarmaganligi sababli onalik huquqidan mahrum qilish bo‘yicha sudga taqdim etiladigan hujjatlar tayyorlanmoqda.

 

Bolalar ombudsmani bolaning xavfsiz va sog‘lom muhitda yashashini ta’minlash masalasini nazoratida davom ettirishini bildirdi.

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"