O'zbekiston

Quvada erkak oilaviy mojaro sabab qaynotasining uyiga o‘t qo‘ydi

Yong‘in oqibatida xonadonga 109,8 million so‘mlik zarar yetgan, sudlanuvchi zararni to‘liq qoplagani inobatga olinib, unga 3 yilga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Quvada erkak oilaviy mojaro sabab qaynotasining uyiga o‘t qo‘ydi

Farg‘ona viloyati Quva tumanida erkak oilaviy mojaro sabab qaynotasining xonadoniga o‘t qo‘ygan. Hodisa oqibatida 109,8 million so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.

 

“Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilinishicha, erkakning xotini farzandini olib, ota uyiga ketgan. Rossiyadan qaytgan erkak farzandini ko‘rish maqsadida qaynotasining uyiga borgan. Biroq u yerda qaynonasining qizi boshqa kishiga turmushga berilgani haqidagi gapdan jahli chiqqan.

 

Oradan bir necha soat o‘tib, erkak qo‘lida benzin bilan yana qaynotasining xonadoniga kelgan. U yonilg‘ini uydagi xonalardan biriga sepib, o‘t qo‘ygan va voqea joyidan ketgan. Yong‘in natijasida 109 million 884 ming so‘mlik moddiy zarar yetkazilgan.

 

Sud majlisida sudlanuvchi aybiga to‘liq iqror bo‘lgan. U qilmishini jahl ustida sodir etganini bildirib, pushaymonligini aytgan. Jabrlanuvchi esa yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganini va sudlanuvchiga nisbatan da’vosi yo‘qligini ma’lum qilgan.

 

Sud erkakni Jinoyat kodeksining 173-moddasi ikkinchi qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topgan.

 

Yetkazilgan zarar to‘liq qoplangani hamda jabrlanuvchining da’vosi yo‘qligi inobatga olinib, sudlanuvchiga 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Quvada erkak oilaviy mojaro sabab qaynotasining uyiga o‘t qo‘ydi | Zamon.uz