O'zbekiston

“Siyosiy iroda yo‘qligidan hammamiz paxtaga qul edik” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Sirdaryoning agrar hududdan sanoati rivojlangan viloyatga aylanganini qayd etib, O‘zbekistonning paxtaga qaramlikdan chiqish jarayoniga to‘xtaldi.

“Siyosiy iroda yo‘qligidan hammamiz paxtaga qul edik” — Shavkat Mirziyoyev

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida mamlakat iqtisodiyoti paxtaga qaramlikdan chiqib, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlanayotganini ta’kidladi.

 

Bu haqda davlat rahbari hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.

 

Tadbirda Sirdaryo viloyatining so‘nggi yillardagi iqtisodiy rivojlanishi haqida ma’lumot berildi. Viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning ta’kidlashicha, 2016-yildan buyon Sirdaryo iqtisodiyoti agrar hududdan sanoati rivojlangan viloyatga aylangan. 2026-yilda hududga 2 milliard dollar investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda.

 

Prezident Sirdaryoda bunday hajmdagi investitsiyalarni jalb etish imkoniyati avval tasavvur ham qilinmaganini qayd etgan.

 

Shuningdek, Sirdaryo erkin iqtisodiy zonasida investitsiya samaradorligi oshgani ta’kidlangan. Avval bir gektar yerga o‘rtacha 1 million dollar investitsiya to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 3,8 million dollarga yetgan.

 

Erkinjon Turdimov ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarga ham to‘xtalib, maktab o‘quvchilarining paxta yig‘im-terimiga jalb etilmayotganini qayd etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, amalga oshirilayotgan islohotlar O‘zbekistonning paxtaga qaramligini kamaytirib, mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishga xizmat qilmoqda.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev esa mamlakatning avvalgi paxtaga qaram holatini esga olib, o‘zbekistonliklar uzoq yillar davomida deyarli butun vaqtini paxta yetishtirish bilan bog‘liq ishlarga sarflaganini ta’kidladi.

 

“Lekin hamma unutib yubordi u qullikni. Siyosiy iroda yo‘qligidan hammamiz paxtaga qul edik haqiqatdan. 24 soat, 12 oy shudgor, chekanka, defolyatsiya, terim bilan shug‘ullanar edik. Boshqa hech nima bilan shug‘ullanmasdik”, — dedi Prezident.

 

Davlat rahbari Sirdaryoning bugungi iqtisodiy ko‘rsatkichlari amalga oshirilayotgan islohotlar va yaratilgan imkoniyatlarning natijasi ekanini qayd etdi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.