Jinoyat

Toshkentda internet-narkodo‘kon kuratori salkam 10 kg giyohvandlik vositasi bilan ushlandi

Fuqaro avval ham Jinoyat kodeksining ikki moddasi bilan sudlangan.

Toshkentda internet-narkodo‘kon kuratori salkam 10 kg giyohvandlik vositasi bilan ushlandi

Toshkentda internet-narkodo‘konida administrator va kurator sifatida faoliyat yuritgan fuqaro qariyb 10 kilogramm giyohvandlik vositalari bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, tezkor tadbirlar davomida 1989-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 164 va 278-moddalari bilan sudlangan fuqaro qo‘lga olingan.

 

Shuningdek, fuqaroning avtomobili va yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda 9 kilogramm 330 gramm gashish va 545 gramm metamfetamin aniqlanib, daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilgan.

 

IIV ma’lumotiga ko‘ra, olib qo‘yilgan gashish 64 817 dozaga teng.

 

Holat yuzasidan jinoiy guruhga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mazkur modda bo‘yicha 20-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanishi mumkin.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.