Jahon

Daniya ilk bor Grenlandiyaga muddatli harbiy xizmatchilarni yubordi

Daniyaning Arktikadagi harbiy ishtirokini kuchaytirish qarori AQSHning Grenlandiyaga da’volari fonida amalga oshirilmoqda.

Daniya ilk bor Grenlandiyaga muddatli harbiy xizmatchilarni yubordi

Daniya Arktikadagi harbiy mavjudligini kuchaytirish doirasida ilk bor muddatli harbiy xizmatchilarini Grenlandiyaga yubordi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Mazkur qaror AQSH prezidenti Donald Trampning Daniyaga qarashli yarim avtonom Grenlandiyani AQSH tasarrufiga o‘tkazish haqidagi bir necha bor bildirgan istaklari fonida qabul qilingan. Kopengagen va Grenlandiya hukumati bu g‘oyani qat’iyan rad etgan.

 

Grenlandiyaga yuborilgan harbiy xizmatchilar Daniyaning harbiy xizmat muddatini uzaytirish bo‘yicha yangi dasturining ilk guruhiga kiradi. Ular Arktikaning og‘ir iqlim sharoitida jangovar harakatlar olib borish va omon qolish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tmoqda.

 

Harbiy xizmatchilar «Arctic Endurance» mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda. Ushbu mashg‘ulotlar NATOning Arktikadagi mavjudligini kuchaytirishga qaratilgan «Arctic Sentry» missiyasi doirasida o‘tkazilmoqda.

 

Daniya hukumati Arktikadagi mudofaani kuchaytirish uchun milliardlab dollar mablag‘ ajratishni rejalashtirgan. Mamlakat mudofaa vaziri mintaqaga yillar davomida yetarlicha sarmoya kiritilmaganini tan olgan.

 

Ayni paytda Rossiya NATOning Arktikadagi faolligi kuchayishidan xavotir bildirgan va buni bevosita xavfsizlik tahdidi deb baholagan. Xitoy ham mintaqadagi, xususan foydali qazilmalarga boy hududlardagi faoliyatini kengaytirmoqda.

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Namoyishchilar 2023-yil 7-oktyabr kungi HAMAS hujumi yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazilishini va mas’ullarni javobgarlikka tortishni talab qildi.

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

AQSh Mudofaa vazirligi ushbu tuzilmalarni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.