Jahon

Putin Trampning maxsus vakillari bilan Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi

Biroq uchrashuv yakunida kelishuvga erishilgani yoki sezilarli siljish bo‘lgani haqida ma’lumot berilmadi.

Putin Trampning maxsus vakillari bilan Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner bilan Moskvada Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi. Uchrashuv uch soatdan ortiq davom etdi.

 

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning aytishicha, AQSh vakillari mojaroni hal qilishning ehtimoliy yo‘llari bo‘yicha bir qator takliflarni bildirdi. Biroq u takliflarning mazmunini ochiqlamagan.

 

Putin esa Rossiya jang maydonida «real taraqqiyot»ga erishayotganini va urushdagi maqsadlariga erishishiga ishonch bildirdi. Uning ta’kidlashicha, mojaroni hal qilish uchun uning «barcha tub sabablarini» bartaraf etish zarur.

 

Ushakovning ma’lum qilishicha, muzokaralarda Ukrainadagi vaziyatdan tashqari iqtisodiy masalalar hamda Rossiya va AQSh o‘rtasidagi ehtimoliy yirik loyihalar muhokama qilingan. Uchrashuvni Rossiya tomoni «o‘z vaqtida o‘tkazilgan va har ikki tomon uchun juda foydali» deb baholadi.

 

Oq uy vakili ham muzokaralarni «mazmunli» deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, keyingi qadamlar yaqin haftalarda e’lon qilinadi.

 

Uitkoff va Kushner muzokaralardan so‘ng Moskvadan Kiyevga yo‘l olgan. Ular yakshanba kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashishi kutilmoqda.

 

Ayni paytda Rossiya va Ukraina urushni tugatish shartlari bo‘yicha hamon keskin farq qiluvchi pozitsiyalarda qolmoqda. Moskva Ukraina Rossiya da’vo qilayotgan to‘rt viloyat hududini to‘liq topshirishi va NATOga qo‘shilish rejasidan voz kechishini talab qilmoqda. Kiyev esa hududlarni Rossiyaga berishdan bosh tortmoqda.

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Hujumdan so‘ng Kramatorsk va Slovyansk shaharlarida jamoat transporti harakati to‘xtatildi.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.