Jahon

Indoneziyada vulqon otilishi sabab 8 ta aeroport yopildi

Vulqon kullari tarqalishi oqibatida Jakarta va Bali aeroportlarida aviaqatnovlar cheklanib, ayrim reyslar bekor qilindi.

Indoneziyada vulqon otilishi sabab 8 ta aeroport yopildi

 

Indoneziyada Anak Krakatau vulqonining faollashishi oqibatida vulqon kullari tarqalib, mamlakatdagi 8 ta aeroport faoliyatiga cheklovlar joriy etildi. Bu haqda mamlakat Transport vazirligi ma’lum qildi.

 

Xususan, Jakarta yaqinidagi Soekarno-Hatta xalqaro aeroporti va Bali orolidagi Ngurah Rai xalqaro aeroporti faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda. Ayrim hududlarda reyslar kechiktirilgan yoki bekor qilingan.

 

Anak Krakatau vulqoni iyul oyi boshidan buyon faol bo‘lib, 4-sentyabr kuni uning faolligi sezilarli darajada kuchaygan. Vulqon otilishi natijasida hosil bo‘lgan kul mamlakatning bir qator hududlariga, jumladan, Jakarta va uning atrofidagi hududlarga tarqalgan.

 

Rasmiylar aholini vulqon kullaridan himoyalanish choralarini ko‘rishga, tashqariga chiqqanda niqob taqishga hamda uy va xonalarning deraza, eshik va shamollatish teshiklarini yopiq saqlashga chaqirgan.

 

Shuningdek, vulqon faolligi sabab masofaviy ta’limga o‘tkazilgan ayrim maktablarda bepul maktab ovqatlarini yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilishi ma’lum qilingan.

 

Hozircha vulqon otilishi oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q. Vaziyat tegishli xizmatlar tomonidan kuzatib borilmoqda.

“Sizlar 7,5 million kishisiz, men esa bittaman” — Sadir Japarov

“Sizlar 7,5 million kishisiz, men esa bittaman” — Sadir Japarov

Qirg‘iziston prezidenti kuniga atigi to‘rt soat uxlashi va qolgan 20 soatini ish bilan o‘tkazishini maʼlum qildi.

“Yana ikkita urushni tugatishga yaqinmiz” — Tramp

“Yana ikkita urushni tugatishga yaqinmiz” — Tramp

AQSh prezidenti Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush yakuniga yaqinlashayotganini ta’kidladi.

To‘rt yillik sukunatdan keyin ziddiyat kuchaydi: Ar-Riyodda portlashlar eshitildi

To‘rt yillik sukunatdan keyin ziddiyat kuchaydi: Ar-Riyodda portlashlar eshitildi

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya husiylar uchirgan ballistik raketani urib tushirgan.

Xitoyda 7 magnitudali zilzila: kamida 16 kishi halok bo‘ldi

Xitoyda 7 magnitudali zilzila: kamida 16 kishi halok bo‘ldi

339 ta oilaning uyi vayron bo‘lgan, qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Fransiyada Shamonda virusi ilk bor odamda aniqlandi: bemor vafot etdi

Fransiyada Shamonda virusi ilk bor odamda aniqlandi: bemor vafot etdi

Bu virus odamda ilk bor aniqlangan holat bo‘lib, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bemorga u mayda qon so‘ruvchi hasharot chaqishi orqali yuqqan.

Saudiya Arabistonidagi aeroportga navbatdagi hujum: bir kishi halok bo'ldi, sakkiz kishi yaralandi

Saudiya Arabistonidagi aeroportga navbatdagi hujum: bir kishi halok bo'ldi, sakkiz kishi yaralandi

Mamlakat sharqida yana to‘rtta dron urib tushirilgan.

Saylovdan keyingi reja: AQSh va Isroil Eronga qarshi operatsiyani ko‘rib chiqmoqda

Saylovdan keyingi reja: AQSh va Isroil Eronga qarshi operatsiyani ko‘rib chiqmoqda

Ehtimoliy hujumlarda yadroviy inshootlar, energetika infratuzilmasi, raketa va dron arsenallari nishonga olinishi mumkin.

Folbindan mijozgacha nazoratda: maxsus ro‘yxat shakllantirilmoqda

Folbindan mijozgacha nazoratda: maxsus ro‘yxat shakllantirilmoqda

Ichki ishlar vazirligi folbinlar, sehrgarlar, fohishalar, ularning mijozlari va oila a’zolarini maxsus ma’lumotlar bazasiga kiritib, doimiy monitoring qilishni boshladi.