O'zbekiston

75 ming talaba xavfsizligi ta’minlanadi: Prezident “Yoshlik” shaharchasidagi markazni ko‘rdi

Vaziyatlar markazi shaharchadagi 41 ta talabalar yotoqxonasini qamrab olgan. Tizim orqali talabalarning davomatini nazorat qilish va huquqbuzarliklarning oldini olish imkoniyatlari ham mavjud.

75 ming talaba xavfsizligi ta’minlanadi: Prezident “Yoshlik” shaharchasidagi markazni ko‘rdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligida tashkil etilgan vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishdi.

 

 

Raqamli texnologiyalar asosida tashkil etilgan markaz talabalar xavfsizligini ta’minlash, hududdagi ijtimoiy muhitni real vaqt rejimida kuzatish, davomatni nazorat qilish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish uchun xizmat qiladi.

 

Vaziyatlar markazi shaharchadagi 41 ta talabalar yotoqxonasini qamrab olgan. Tizim orqali 75 mingga yaqin talaba, shu jumladan, yotoqxonalarda istiqomat qiluvchi 17,5 ming nafar yigit-qizning xavfsizligi ta’minlanadi. Ularning davomatini nazorat qilish va huquqbuzarliklarning oldini olish imkoniyatlari ham mavjud.

 

 

Vaziyatlar markazi 17 ta axborot tizimi bilan integratsiya qilingan. Bu turli ma’lumotlarni yagona raqamli platformada tezkor tahlil qilish va zarur choralarni ko‘rish imkonini beradi.

 

Umumiy maydoni 1 368 kvadrat metr bo‘lgan talabalar shaharchasi hokimligi binosi 2024-yilda qurilgan. Uni mukammal ta’mirlash, vaziyatlar markazini tashkil etish va hududni obodonlashtirish uchun 33 milliard so‘m yo‘naltirilgan.

 

 

Binoda vaziyatlar markazidan tashqari startap xonasi, oliy ta’lim tarixi muzeyi, Yoshlar ishlari agentligining tuman bo‘limi hamda xotin-qizlar tadbirkorligi markazi ham joylashgan.

 

Tashrif davomida Prezidentga markazning ishlash tamoyillari va talabalar shaharchasidagi xavfsizlik hamda ijtimoiy muhitni real vaqt rejimida nazorat qilish imkoniyatlari namoyish etildi.

 

 

Davlat rahbari talabalar bilan tizimli ishlash, ularni qiynayotgan masalalarni tezkor hal etish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Vaziyatlar markazi tajribasini mamlakatdagi boshqa talabalar turar joylarida ham joriy etish topshirildi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.