O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Koreyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev yurtdoshlar bilan suhbatlashib, ularning faoliyati, o‘qishi va kelajak rejalari bilan qiziqdi.

O‘zbekiston Prezidenti Koreyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi

Davlat tashrifi bilan Seul shahriga kelgan Prezident Shavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlar samimiy kutib oldi.

 

 

Davlat rahbari yurtdoshlar bilan suhbatlashib, ularning faoliyati, o‘qishi va kelajak rejalari bilan qiziqdi. Muloqot chog‘ida O‘zbekistonda kechayotgan yangilanishlar, vatandoshlarning orzu-intilishlari hamda tashrif doirasida bo‘lajak tadbirlarning ahamiyati haqida fikr almashildi.

 

 

Prezident ularga ish va o‘qishida muvaffaqiyatlar tilab, Koreyada egallanayotgan zamonaviy bilim, ko‘nikma va tajriba kelgusida O‘zbekiston ravnaqi va xalq farovonligiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Prezident Buxoroga keldi: tashrif Bahouddin Naqshband maqbarasidan boshlandi

Prezident Buxoroga keldi: tashrif Bahouddin Naqshband maqbarasidan boshlandi

Davlat rahbari Buxoroning boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va undan yoshlar tarbiyasida foydalanish zarurligini ta’kidladi.

Ilovani o‘rnatmagan talabalar darsga kiritilmayaptimi? Vazirlik holatni o‘rganmoqda

Ilovani o‘rnatmagan talabalar darsga kiritilmayaptimi? Vazirlik holatni o‘rganmoqda

Oliy ta’lim muassasalarida “Xavfsiz talaba” ilovasini o‘rnatmagan talabalar darslarga kiritilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Prezident bugun Buxoroga boradi

Prezident bugun Buxoroga boradi

Davlat rahbari tashrif davomida tarixiy meros, turizm, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi loyihalar bilan tanishadi.

Toshkentda qozog‘istonlik futbol festivali ishtirokchilari zaharlandi: 17 kishi shifoxonada

Toshkentda qozog‘istonlik futbol festivali ishtirokchilari zaharlandi: 17 kishi shifoxonada

11 bola va 6 katta yoshli kishi oziq-ovqatdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgan.

Tergovdagi yordam evaziga 100 ming dollar: Farg‘onada mansabdor shaxs ushlandi

Tergovdagi yordam evaziga 100 ming dollar: Farg‘onada mansabdor shaxs ushlandi

Farg‘onada Departament tergovchisi pora olganlikda gumonlanmoqda.

100 va 200 ming so‘mlik soxta kupyuralar: Angrenda qalbaki pul tayyorlovchilar qo‘lga olindi

100 va 200 ming so‘mlik soxta kupyuralar: Angrenda qalbaki pul tayyorlovchilar qo‘lga olindi

Ushbu shaxslar muqaddam sudlangan bo‘lgan.

Poytaxtda havo sifati yomonlashishi kutilmoqda: asosiy sabablar ma’lum qilindi

Poytaxtda havo sifati yomonlashishi kutilmoqda: asosiy sabablar ma’lum qilindi

3-noyabrga o‘tar kechasi Toshkentda havo ifloslanishi kuchayishi mumkin.

Narkotik savdosi: transmilliy jinoiy uyushma a’zolari ushlandi

Narkotik savdosi: transmilliy jinoiy uyushma a’zolari ushlandi

Qo‘lga olingan shaxslar bir yildan buyon O‘zbekiston hududida giyohvandlik vositalarini tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan.