O'zbekiston

BMW‘dagi fojia: YPX inspektorini urib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan o‘quvchi qamaldi

Inspektorning o‘limiga sabab bo‘lgan voyaga yetmagan o‘smirga sud hukmi o‘qildi.

BMW‘dagi fojia: YPX inspektorini urib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan o‘quvchi qamaldi



Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi — jabrlanuvchining vafotiga sabab bo‘lgan darajada qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha sud majlisi yakunlandi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi.



Ish yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan. Sudlanuvchi 2010 yilda tug‘ilgan, xususiy maktabning 10-sinfida tahsil oluvchi voyaga yetmagan shaxs bo‘lgan.



Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi JKning mazkur moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan. Unga Jinoyat kodeksining 85-moddasi tartibida 2 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.



Jazo muddatini hisoblash sudlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llangan 2026-yil 27-fevraldan boshlangan.



Sud yakunida raislik qiluvchi taraflarga hukm mazmunini, jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararlarni undirish masalasida fuqarolik tartibida sudga murojaat qilish huquqini, shuningdek, sud hukmi ustidan shikoyat qilish muddati va tartibini tushuntirgan.



Eslatib o‘tamiz, 25 -evral kuni soat 21:30 larda 2010-yilda tug‘ilgan D. T. tanishining opasiga tegishli BMVʼni avtomoykadan xodimlarni ogohlantirmasdan olib chiqib ketgan.



U Mirobod tumani Nukus ko‘chasida YPX inspektori, kichik serjant Hosilbek Eshnazarovning to‘xtash haqidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmay, uni avtomobil bilan urib yuborgan va voqea joyidan ketgan.



Og‘ir tan jarohati olgan inspektor 27-fevral kuni shifokorlar saʼy-harakatiga qaramay vafot etgan.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.