O'zbekiston

Tirbandlik va xavfsizlik masalasi: Zangiotada yangi temiryo‘l o‘tkazgichi ochildi

Yangi inshoot transport oqimini tartibga solish, tirbandliklarni kamaytirish va haydovchi hamda piyodalar uchun xavfsiz harakatlanishni ta’minlashga xizmat qiladi.

Tirbandlik va xavfsizlik masalasi: Zangiotada yangi temiryo‘l o‘tkazgichi ochildi

 

3-oktabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyati kesishmasidagi transport oqimini tartibga solish maqsadida bunyod etilgan yangi temiryo‘l o‘tkazgichi foydalanishga topshirildi.

 

Mazkur inshoot “Sobir Rahimov – O‘rtaovul” bekatlari oralig‘ida, Zangiota tumani hududida joylashgan.

 

Yangi yo‘l o‘tkazgichning ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi Z. Mirzayev, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi Z. Narzullayev, transport prokurori I. Narimov, ommaviy axborot vositalari vakillari, mahalliy aholi va boshqalar ishtirok etdi.

 

“Sobir Rahimov – O‘rtaovul” bekatlari oralig‘idagi 3384-kilometr, PK-2 da mavjud temiryo‘l kesishmasi o‘rnida barpo etilgan inshoot qurilishi davomida keng ko‘lamli qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi.

 

Xususan, loyiha doirasida uzunligi 23,6 metr bo‘lgan ikki yo‘llik yangi temiryo‘l ko‘prigi qurilib, temiryo‘l izlari qayta o‘z joyiga qaytarildi. Shuningdek, 1200 metr uzunlikdagi aylanma temiryo‘l va avtomobil yo‘li barpo etildi.

 

To‘siq devor poydevori uchun 237 dona svay burg‘ulandi. Uning 11 ming kub metrdan ortiq qismiga beton quyildi. Bundan tashqari, 800 metr kontakt tarmog‘i ko‘chirib o‘tkazildi.

 

Qurilish jarayonida jami 60 ming kub metr tuproq ishlari bajarildi. Hududdagi yomg‘ir va qor suvlarini xavfsiz chiqarib yuborish uchun ikkita suv inshooti o‘rnatildi. Shuningdek, zamonaviy avtomobil va piyodalar yo‘laklari qurib bitkazildi.

 

Yangi temiryo‘l o‘tkazgichining foydalanishga topshirilishi Zangiota tumani aholisi hamda hudud orqali harakatlanuvchi transport vositalari uchun qo‘shimcha qulaylik yaratadi.

 

Inshoot hududdagi tirbandliklarni kamaytirish, yo‘l harakatiga sarflanadigan vaqtni tejash, avtomobil yo‘llaridagi yuklamani pasaytirish hamda haydovchi va piyodalar uchun xavfsiz harakatlanishni ta’minlashga xizmat qiladi.

custom img

Qalbaki pullar va “bosmaxona”: Namanganda 51,5 mln so‘mlik qalbaki pullar aniqlandi

Pullar tayyorlab sotganlikda gumonlangan ikki shaxs ushlangan.

custom img

17 ta oliygohda boshqaruv o‘zgardi: Oliy ta’lim vazirligiga yangi vakolatlar berildi

O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb qayta nomlandi.

custom img

Irkutskdagi kasallik gumoni: O‘zbekistonda epidemiologik nazorat kuchaytirildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘ta xavfli yuqumli kasallikka gumon qilingan holat bo‘yicha vaziyat kuzatilmoqda.

custom img

Kredit olishdan oldin ogohlantirish: banklar uchun yangi talablar belgilandi

Markaziy bank qarori bilan kredit reklamalari va shartnomalarida qarzdorlik xavflarini ochiq ko‘rsatish talab etiladi.

custom img

Baxtsiz hodisa va og‘ir jarohat: Rossiyadagi vatandosh O‘zbekistonga qaytarildi

Unga parvoz vaqtida ikki nafar o‘zbekistonlik tibbiyot mutaxassisi hamrohlik qilgan.

custom img

“Umra” evaziga 4800 dollar: noqonuniy xizmat ko‘rsatishga urinish fosh etildi

Ziyoratni tashkil etishga vakolati bo‘lmagan shaxs 4 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga yuborishni va’da qilib, pul talab qilgan.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"